1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 15

III. Asar qahramonlarining fazilatlarini anglash masalalari - Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika

bet3/15
Sana02.03.2018
Hajmi5.01 Kb.

III. Asar qahramonlarining fazilatlarini anglash masalalari 


Adabiy  asarda  tasvirlangan  qahramonlarning  hayoti,  taqdiri  misolida 
o`quvchi(talaba)larni  jamiyatdagi  ijtimoiy  munosabatlarga  tayyorlash  ishlari  amalga 
oshiriladi.  O`zbekni  tushunish,  uni  anglash  ham  rusiyzabonlar  uchun  ijtimoiy 
munosabatlarning  yana  bir  jabhasi  hisoblanadi.  Lekin  turli  hayotdagi  turli  tuman 
shaxslar bilan bo`ladigan muloqot tavsifi har bir insonga xos fazilatlar umumlashmasi 
tariqasida badiiy adabiyotda o`z aksini topib kelmoqda, bundan keyin ham qanchadan-
qancha  asarlar  ana  shu  masalalarga  bag`ishlanadiki,  bu  narsa  odamlarga  xos 
xislatlarning  nihoyatda  rang-barang  ekanligidan  dalolatdir.  Asar  qahramonlari 
obrazlari misolida yoshlarni ijtimoiy munosabatlar mazmuni, chunonchi, yaxshilik va 
yomonlik, ezgulik va qabohat kabi talay tushunchalarning mohiyati bilan tanishtirish 
jarayoni amalga oshadi.  
O`zbek adabiyotini o`qitish metodikasi sohasida yaratilgan metodik adabiyotlar, 
tadqiqot  ishlarining  deyarli  barchasida  (masalan,  Q.Yo`ldoshev,  M.Mirqosimova, 
S.Matchonov,  T.Boboev  va  boshqalar)  asar  qahramonlarini  o`rganish  xususida  so`z 
yuritilib  kelmoqda.  Shuning  uchun  ulardan  ijodiy  foydalangan  holda  rusiyzabon 
o`quvchi(talaba)larning asar qahramonlari fazilatlarini anglash xususiyatlarini yoritish 
imkoniyatlarimiz  ham  katta.  Lekin  biz  tilga  olmoqchi  masalaning  qamrovi  unchalik 
keng  emas.  Chunki  bu  masalaga  maxsus  tarzda  atroflicha  to`xtalish  tadqiqot 
ishimizning asosiy maqsadlari sirasiga kirmaydi. 
Shaxsning axloqiy, intellektual fazilatlarini anglash, aniqlash, farqlash, mos so`z 
topib  atash,  odatda,  katta  qiyinchiliklar  tug`diradi.  Shaxsning  xislatlarini  ochuvchi 
so`zlarni  bilib olish hali shu so`zlar anglatgan tushunchalarni bilish degan gap emas. 
Ayniqsa,  kichik  yoshdagi  o`quvchilarning  bunday  so`z  boyligi  chegaralangan. 
Qolaversa, maktabda bunday tushunchalar maxsus o`rganilmaydi ham. O`quvchi asar 
qahramonining  fazilati  misolida  shu  asar  munosabati  bilan  xislat  bildiruvchi 
tushunchadan  xabar  topadi.  Rusiyzabon  o`quvchiga  asar  qahramonining  fazilatini 
aytib  tegishli  so`zni  to`g`ridan-to`g`ri  atash,  talaffuzini  mashq  qildirish,  uni  yod 
oldirish mumkin. Hatto o`quv matniga, asar haqidagi maqolaga (o`qituvchining kirish 
va  yakuniy  so`ziga)  kiritib,  mashqda  biror  bir  o`quvchi,  ishchi  va  boshqa  kishi 
shunday  fazilatga  ega  degan  gapni  o`qitish  mumkin.  Lekin  bu  gaplar  sabab-natija 
munosabatlari  orqali  faoliyatga  ishora  qilmagani  uchun  so`z  (tushuncha)  shunchaki 

 
 
22 
22 
qabul 
qilinadi, 
his-tuyg`u 
uyg`otmaydi. 
L.N.Rojinaning 
haqli 
ravishda 
ogohlantirishiga  ko`ra,  “Shaxsning  intellektual  xislatlarini  anglab  etish  katta 
qiyinchiliklar tug`diradi. Ko`pchiligining mazmuni ushbu yoshdagi bolalar uchun kam 
tanish. Shu sababdan ham kichik yoshdagi o`quvchilar emotsional sifatlarni kamdan-
kam  ajratadilar...  [71,53].  Xislatni  to`g`ridan-to`g`ri  atash  bola  tomonidan  ularni 
qahramonning  xulqidan  yoki  kechinmalaridan  ajratishga  doir  maxsus  urinishlarni 
talab  etmagan  holda  oson  o`zlashtirilishi  kerakday  tuyuladi.  Lekin  shaxsning 
fazilatlarini  shunchaki  atash  yosh  kitobxonga  ta`sir  eta  olmaydi  va  uning  yodida 
qolmaydi  [94,48].  Muallif  kichik  yoshdagi  o`quvchilar  haqida  so`z  yuritar  ekan, 
o`zining quyidagi xulosalarini havola etadi: “... bolalar tilga olinayotgan fazilat haqida 
tasavvurga ega bo`lmasliklari mumkin va shuning uchun uni eslab qololmaydilar. Va, 
nihoyat,  ma`lumki,  kichik  yoshdagi  o`quvchilarni  avvalo  adabiy  qahramonlarning 
harakatlari va xatti-harakatlari qiziqtiradiki, bu narsa ular (o`zlari – R.N) bilan bog`liq 
emas,  shu  bois  ularning  diqqatini  o`ziga  tortmaydi.  Bundan  tashqari,  bu  yoshdagi 
bolalar  shaxsning  fazilatlariga  qiziqish  namoyon  qilmaydilar  –  binobarin  bu  narsa 

adabiy  qahramon  fazilatlariga

  bo`lgan  munosabatlarida  bilinmasdan  iloji  yo`q” 
[94,48]. L.N.Rojinaning aniqlashicha, axloqiy va irodaviy fazilatlardan shaxsiy g`urur 
hissi,  g`urur,  burch  va  mas`uliyat  tuyg`usi,  sabr-toqat,  o`zini  tuta  olish,  maqsad  sari 
intilganlik tushunish uchun ancha qiyin bo`lib chiqqan. 
10-sinfda  o`quvchilar  uchun  axloqiy  tanlov  haqidagi,  tevarak-atrofdagilarga 
qarshi  turgan  shaxs  mas`uliyati  to`g`risidagi,  uning  ichki  ziddiyatlari  xususidagi 
masala dolzarbga aylanadi [6,44]. 
Xullas,  o`qituvchi,  asosan,  darsga  kitob  olib  kiradi,  bolalar  esa  -  hayotni! 
O`quvchilarga yaqinroq turish, ularning so`rovlarini tushunish va ifodalash – hayotga 
yaqinlashish,  kitob  orqali  bolalar  bilan,  ya`ni  hayot  bilan  ishonchli,  chuqur  aloqani 
mustahkamlash demakdir [32,8]. 
Lekin  adabiyotning  so`z  san`ati  sifatidagi  o`ziga  xos  qonuniyatlari  bo`yicha 
ma`lum darajada bilim olmasdan, asar g`oyasi bilan hayot haqiqati o`rtasidagi aloqani 
farqlamasdan,  tasvirlangan  voqelikka  yozuvchi  munosabatini  anglamasdan, 
o`qiganlarini  umumlashtirish  malakasini  egallamasdan  turib,  badiiy  asar  mohiyatini 
to`la ma`noda tushunib bo`lmaydi [69,17-18]. 
O`qituvchi  o`quvchilarni  u  yoki  bu  adabiy  qahramonning  shaxs  sifatidagi 
fazilatlarini  anglash  sari  etaklab  borar  ekan,  ularga  ushbu  qahramonning  o`z  xatti-
harakatlaridan  ko`zlagan  motivlari  va  maqsadlarini  chuqurroq  tushunib  olishga, 
qahramon  obrazini  chuqurroq  va  asarda  tasvirlanganiga  mos  ravishda  idrok  etishga 
yordam berishi kerak. L.N.Rojinaning fikricha, bu narsa o`z navbatida bolada adabiy 
personajga nisbatan yanada  munosibroq munosabat va  yanada  to`g`riroq baho paydo 
bo`lishini ta`minlaydi [94,80]. Ushbu yoshdagi bolalar o`zlariga yoqqan kishiga (yoki 
adabiy  qahramonga)  uning  hamma  ishlarida  taqlid  qilishga  moyil  bo`ladilar. 
Qahramon  o`z  xulq-atvoridagi  ba`zi  jihatlar  bilan  kitobxonda  o`ziga  nisbatan  mehr-
muhabbat  uyg`otsa  ham,  unga  nimaga  taqlid  qilish  va  nimada  taqlid qilmaslik  lozim 
bo`lgan tomonlarini ajratish masalasida yordam berish kerak [94,82].  
Shuni  ham  eslatish  joizki,  bugun  qahramonning  ong  oqimini  aks  ettiruvchi 
asarlar  ham  yaratilmoqdaki,  bu  asarlarda  qahramon  ko`zlagan  motiv  va  maqsadi 
“ichki monolog”da mujassamlashadi [25,17].  

 
 
23 
23 
T.T.Irisboevning  tushuntirishicha,  detektiv  asarda  qahramon  qiyofasi  va 
ma`naviy  dunyosini  tezkor  voqealar,  taqdirni  hal  etuvchi  daqiqalarga  hozirjavoblik 
holatlari, sarguzashtlar girdobi, keskin hodisalarning g`alayonli kechinmalaridan yiroq 
tasavvur qilish qiyin [35,9].  
Dramatik  asarlarda  esa  ishtirok  etuvchining  xarakteri,  ko`z  qarashi,  imo-
ishoralari,  ovozi  va  boshqa  jihatlari  qisman  remarkalardagi  ishoralarda  aks  etadi. 
O`quvchi  rejissyor,  musavvir,  aktyorga  mo`ljallanadigan  ana  shu  remarkalardan 
voqealarga  berilayotgan  bahoni  ilg`ab  olishi,  ishtirok  etuvchini  grimmlashi, 
kiyintirishi va hokazolarni o`z tasavvurida hosil qilishi darkor [65,4]. 
Ma`lumki,  o`smir  yoshida 

odamlar  orasidagi munosabatlarga

   qiziqish  yuzaga 
keladi. Bu davrda ijtimoiy munosabatlar kechinmalar uyg`otibgina qolmay, anglash va 
o`ylash  predmetiga  ham  aylanadi.  Lekin  o`smirlar  asar  qahramonida  yuz  berayotgan 
jismoniy  va  aqliy,  axloqiy  o`zgarishlar  tufayli  o`zlarida  yuzaga  kelayotgan 
kechinmalarni  ba`zan  tushunmaydilar 
yoki 
etarlicha  tushunib 
etmaydilar. 
L.N.Rojinaning  payqashicha,  xilma-xil  tavsifdagi  kechinmalar  bir  xil  fiziologik 
o`zgarishlarni  uyg`otishi  mumkin.  Yurak  hayratdan,  quvonchdan,  shuningdek, 
dahshatdan,  hayronlikdan,  qoyil  qolishdan  “qotib  qolishi”  mumkin.  Qayg`u  ham, 
xafagarchilik ham, xursandlik ham ko`z yoshlariga sabab bo`lishi mumkin [94,85]. 
Rusiyzabon  o`quvchilarning  o`zbek  tilidagi  so`z  boyligida  shaxsning  axloqiy, 
intellektual,  irodaviy  fazilatlarini,  ruhiy  holatini  ifodalovchi  leksika  juda  oz.  Bu 
so`zlar  asosan  o`quv  matnlari  orqali,  ba`zan  mavzuviy  leksika  tarkibida  o`rganiladi. 
Shunga  ko`ra  ham  badiiy  asarni  o`qish  jarayonida  katta  miqdordagi  shu  kabi  leksik 
birliklar  ma`nosi  anglanmaydi,  binobarin,  parchaning  badiiy  obrazlari  yuzaki  “idrok 
etiladi”. 
Shunga  ko`ra  ham  A.A.Abdullinaning  quyidagi  so`zlari  o`rinli  aytilgan  deb 
hisoblaymiz:  “O`qish  jarayonida  obrazlarni  ichki  ko`ruvsiz  va  anglovlarsiz  chuqur 
dardkashlik  ham  bo`lmaydi,  axloqiy  tarbiya  samaradorligi  kamayadi,  badiiy 
adabiyotning o`quvchilarga o`tkazadigan g`oyaviy ta`siri pasayadi” [2,3]. e.N.Il`in shu 
fikrning  o`zini  agar  o`quvchi  o`zini  asar  qahramoni  o`rniga  qo`ya  bilsa,  ma`naviy 
ulg`ayish jarayoni jadallashadi, degan ma`noda boshqacha ifodalaydi [33,6]. 
L.N.Rojina bolalar bilan o`qilgan asar yuzasidan suhbat o`tkazib, qahramonlarga 
xos  fazilatlarning  anglanish  darajasini  o`rganishi  zarurligiga  e`tiborni  qaratar  ekan, 
“Suhbat  bolalarning  o`zlarida  paydo  bo`lgan  kechinmalar  tavsifi  va  sabablarini 
tushunyaptilarmi,  yo`qmi,  aniqlash  imkonini  beradi.  U  (suhbat  –  R.N.)  ushbu 
kechinma  hikoyani  o`qish  chog`ida  umuman  payqalgan-payqalmaganligini  bilish 
uchun ham imkon beradi” [94,86]. 
L.N.Rojinaning  quyidagi  fikrlari  ham  e`tiborga  loyiq:  “O`quvchilar  adabiy 
qahramonlar  o`rtasidagi  munosabatlarni  tahlil  etar  ekanlar,  personaj-bolalarga 
qaraganda  katta  yoshdagi  personajlarga  yuksak  talablar  qo`yadilar.  Personaj-bolalar 
o`rtasidagi munosabatlarda ayniqsa, yordamga kelishga tayyorlik, do`stlikka sadoqat, 
do`stni tushuna olish va qo`llab-quvvatlay bilish, sir saqlash, hamdarlik bildira olish, 
o`zgalar fojeasini yurakka yaqin olish, rostgo`ylik, halollik, manmansiramaslik yuqori 
baholanadi.  Sotqinlik,  do`stlikka  hiyonat,  chaqmachaqarlik,  tengdoshlar  orasidan 
ajralib turishga intilish, ular ustidan buyruq berish, ularni erga urish, yolg`onchilik va 
ko`ra olmaslik salbiy baholanadi va qoralanadi” [94,165]. 

 
 
24 
24 
N.D.Moldavskaya  ham  shu  masala  xususida  muhim  faktlar  keltiradi. 
“O`quvchilar ... qahramonning tashqi ko`rinishidagi, xatti-harakatlaridagi, sharoitdagi 
mayda  tafsillarni  ajrata  oladilar.  Yuqori  sinf  o`quvchilarining  ham  fikrlash 
faoliyatidagi  sintez  jarayonlari  jadal  kechadi.  Ular  matn  tafsillarini    o`zaro 
nisbatlaydilar, 
qahramonlarning 
xatti-harakatlarini 
hatto 
“ko`zga 
yaqqol 
tashlanmaydigan”, bir-biri bilan o`zaro bog`lanmagan holatda ham taqqoslay oladilar” 
[89,12]. 
Lekin  G.A.Ïetrovaning  kuzatishlari  bu  borada  kamchiliklar  ham  borligini 
aniqlash imkonini bergan.  Chunonchi: 
1. Kitobxon adabiy qahramonlarning tashqi ko`rinishi, ularning xatti-harakatlari, 
kechinmalari, fikr-o`ylari, mulohazalari bayonini oson ajaratadi. 
2.  Kitobxon  uchun  xarakter  xislatlarini  shunchaki  atash  usulini  ajratish 
qiyinroqdir. 
3.  Barcha  yoshdagi  kitobxonlar  tashqi  aniqlangan  natijalar  bayoniga  ko`ra 
qahramonlarning tavsifini oson tushunadilar. Oz ko`zga tashlanadigan xatti-harakatlar 
qiyinlik bilan payqaladi. 
4.  Qahramonlarning  tashqi  qiyofasi  jo`ngina  va  bemalol  tasvirlanadi,  ammo 
kitobxon  ushbu  tashqi  qiyofa  bayonidan  qahramonning  xarakterini  qiyinlik  bilan 
anglab etadi. 
5. Adabiy personajlarning nutqidagi ifodalilik xususiyatlari tahlili qiyin kechadi. 
Kitobxon qahramonlar nutqining shakliga qaraganda, mazmunini osonroq ilg`aydilar. 
6.  Kitobxonlar  personajni  tasvirlashning  ko`chma  usullarini  (tabiat,  uy-joy 
tasviri,  boshqa  personajlarning  uning  xulq-atvoriga  munosabati  va  hokazolar)  asta-
sekinlik  bilan  o`zlashtirib  boradilar.  Bunda  adabiy  qahramonlarni  personajlarning 
unga munosabatlari orqali tasvirlash usulini osonroq ajratadilar. Qahramonlar tavsifini 
tabiatni tasvirlash yoki uy-joy sharoitini tasvirlash yo`li bilan tavsiflash qiyinroq idrok 
etiladi [89,40]. 
Asar  qahramoni  fazilatlarini  o`rganish  ishi  o`quvchini  ma`naviy  jihatdan 
boyitishiga shubha yo`q. Lekin uning o`z o`lchovlari borligini ham unutmaslik kerak. 
Ta`lim  jarayonida  o`quvchiga  asar  qahramoniga  mustaqil  ravishda  tavsif  berish 
ishonib  topshirib  qo`yilsa,  ya`ni  o`qituvchi  uni  yo`naltirib  turmasa,  ba`zan  noto`g`ri 
baholarini  tuzatib  bormasa,  ma`naviy  boyishda  sustkashlikka  yo`l  qo`yiladi.  Bu 
o`rinda  R.V.Glintershchikning  quyidagi  ogohlantirishlari  o`rinli:  “O`quvchi  nazariy 
(va  amaliy)  masalalar  yuzasidan  yuritadigan  o`z  mushohadalarida  mutlaqo 
qo`rqmasdir:  u  hayot  oqimida,  ijtimoiy  voqelikda  mas`ul  shaxs  sifatida  deyarli 
qatnashmaydi, shuning uchun o`zini usiz yaratilgan dunyo ustidan odil hakam deb his 
etadi,  o`z  mushohadalarini  o`zining  shaxsiy  buyumiday  himoya  qiladi,  binobarin  bu 
narsa uning  o`zligini qaror toptirish shakli bo`ladi” [19,10]. 
Bu yoshda o`quvchining fikrlashi uchun “hamma narsaga” – “odam bilishi kerak 
bo`lgan  hamma  narsaga”  beg`araz  keng  qiziqish  xos  bo`ladi.  O`quvchida  u  yoki  bu 
ma`lumotlarning  hayotiy  yaroqliligi  nuqtai  nazaridan  shaxsiy  tajribasi  hali  mavjud 
bo`lmaydi,  saralab  yondashish    ham  etarli  emas.  Binobarin,  hayotga,  jamiyatga, 
odamga taalluqli bo`lgan hamma narsa uning uchun muhim va qiziqarlidir. Bu narsa 
yoshlardagi  fikrlashning  umumiy  yo`nalganligidan  dalolat  beradi:  “katta”  hayotni 
(qaerga o`kishga kirishim kerak bo`ladi), uning qonunlarini (qanday yashashim kerak 

 
 
25 
25 
bo`ladi)  o`qib  bilish,  umuman  insonni    (menga  ham  tatbiqan),  odamlarning 
munosabatlarini (o`z hayot tajribam bilan tekshira olaman) bilishni istaydilar [19,10]. 
O`quvchilar 
o`zbek 
mumtoz 
adabiyoti 
asarlarini 
o`rganayotganda 
qahramonlarning  ruhiy  holatlari,  shaxsiy  fazilatlari  bilan  bog`liq  bir  qator  notanish 
tushunchalarga  duch  keladilar.  V.S.Baevskiy  “Voprosы  metodiki  vospitaniya 
literaturnogo  vkusa  na  urokax  literaturы  v  starshix  klassax”  qo`llanmasida 
ta`kidlaganidek,  “O`tmish  asarlari  o`quvchilar  uchun  tushunarli  bo`lsin  va  ularning 
sevimli  kitoblariga  aylansin  uchun  bugungi  kunda  o`quvchilarga  tushunarli  va  yaqin 
“tayanch”  muammolar,  his-tuyg`ularni  topib,  ko`rsatib  berish  kerak”  [10,19]. 
Darhaqiqat,  yoshlarning  quvonchiyu  tashvishlari,  qayg`ulariyu  umidlariga  tutash 
keladigan  dolzarb  muammolar  ko`tarilgan  asarlar  ular  ongida  yuksak  hayotiy 
printsiplarning tiniqlashuviga yordam bera oladi.  
Badiiy  asarlarning  ma`lum  bir  qismi  bolalar  uchun  maxsus  atab  yozilmagan, 
bolalarning  tushunishlariga  moslashtirilmagan,  binobarin,  o`sib  borayotgan  kitobxon 
o`qituvchi yordamida “o`zidan yuqori ko`tarilishi” kerak. 
Gap  shundaki,  har  bir  asar  “o`zini  o`qishga  o`zi  o`rgatadi”.  O`qituvchining 
vazifasi – asar o`zining tur va xil tabiatini bildiradigan nomi, uslubining o`ziga xosligi 
bilan  kitobxonga  yuboradigan  “signallarni”  ushlab  qolish.  Yozuvchi  hozirjavob 
kitobxonga  mo`ljallabgina  qolmay,  balki  uni  tarbiyalaydi,  nimaga  sinchiklab  qarash, 
nima ustida o`ylash, nimaga taqqoslash, qaysi taassurotlarga qaytish kerakligini aytib 
turgan  holda  bildirmay  va  xolis  etaklab  boradi.  Faqat  yozuvchining  ovozini  eshitish 
kerak, xolos [53,72]. 
Hayot  ma`nisi  yoshlar  uchun  g`oyatda  dolzarbdir,  u  o`ziga  xos  “dunyoqarashga 
doir  izlanishlar  fokusi”ga  aylanadi.  Bu  davrda  o`quvchilar  umuman  ijtimoiy 
taraqqiyot  yo`nalishlari  haqida,  xususan  o`z  hayotining  aniq  maqsadlari  to`g`risida 
bosh  qotiradilar,  zero,  bu  masalalar,  I.S.Konning  tushuntirishicha,  “ilk  yoshlik 
chog`ida yirik qilib qo`yiladi, binobarin unga universal, hamma uchun yaray oladigan 
javob  ham  kutiladi”  [6,73-74].  Shunga  ko`ra  ham  N.F.Chetverik  IV-V  sinflarda 
o`quvchilar  odamlarning  xarakter  xususiyatlari  haqida  amaliy  tajribalar  to`plashlari 
zarur  deb  hisoblaydi  [115,14].  Ma`lumki,  san`atkor  yaratayotgan  obrazlar  muayyan 
tushunchalarni  (yaxshilik,  yomonlik,  yovuzlik,...)  hayotiy  saboq  tariqasida  taqdim 
etadi.  O`quvchilar  ana  shu  tushunchalar  bilan  izchil  tanishib  boradilar.  Bu 
tushunchalar yuqori sinflarda obrazlarga xarakteristika berish jarayonida asqotadi. 
Asar  qahramonlari  haqida,  yozuvchining  asar  bayonida  egallagan  mavqei 
to`g`risida  gapirganda,  g`oya  tushunchasiga  ko`p  murojaat  etiladi.  G`oya  so`zi 
“O`zbek tilining izohli lug`ati”da quyidagicha tushuntiriladi: G`OYa [a] 1. Biror ish-
harakat qilish haqidagi fikr, o`y; niyat, maqsad... 2. Dunyoqarashning asosiy,  muhim 
printsipi... [123,663]. Asar qahramonlarining o`z oldiga qo`ygan maqsadlari g`oyaviy 
intilishlarini  ifoda  etadi.  Uning  fazilatlari  ana  shu  intilishlardagi  muqimlikni, 
ikkilanishlarni  va  boshqa  holatlarni  belgilaydigan  ko`rsatkichlar  bo`la  oladi. 
Qahramonning dunyoqarashi asar davomida yo rivoj topadi, yoki ma`lum sabablarga 
ko`ra  o`zgaradi.  Binobarin,  uning  shaxsiy  fazilatlari,  g`oyaviy  intilishlari, 
dunyoqarashi bir butunlikni tashkil etadi. 
San`atkor  voqelikni  qaysi  mavqedan,  qaysi  davr  nuqtai  nazaridan  turib  idrok 
etsa, shu davr va mavqedan turib uni yoritadi, o`zi o`ylagancha, fikrlagancha yoritadi, 

 
 
26 
26 
o`z  tuyg`ulari  va  kechinmalarini  singdiradi.  Bu  borada  I.To`lakovning  “Hozirgi 
o`zbek lirikasida davr va qahramon talqini” mavzusidagi tadqiqot ishi [109] e`tiborga 
loyiqdir. 

G`oya

  (odamdagi)  bilish  va  intilish  (istak)dir...”  Boshqacha  aytganda, 
Shcherbinaning  fikricha,  

g`oya

  sub`ektivlik  va  ob`ektivlikning  monand  kelishidir,  u 
intilish, istak, harakat, his-hayajon, haqiqatni faol izlashni o`z ichiga oladi [120,162]. 
Asarning g`oyaviy mazmunini tushunish fikrlash operatsiyalarining quyidagi bir 
butun tizimini ko`zda tutadi: 
1.  Biror  asarni  o`ylab  olishda  asardan  asarning  g`oyaviy  mazmunini  ochishga 
olib keladigan asosiy adabiy obrazlarni ajratish zarur. 
2.  Ushbu  etakchi  obrazlarning  muhim  xususiyatlarini:  ularni  xatti-harakatlari, 
fikr-o`ylari, dunyoqarashi, xarakterini tahlil qilib chiqish lozim. 
3. Asarning etakchi, shuningdek, ikkinchi darajali obrazlarini bir-biridan ajralgan 
holda idrok etmay, balki bir-biri bilan taqqoslab idrok etish darkor.   
4. G`oyaviy mazmunini aniqlash uchun badiiy asarni hayot bilan, jamiyat oldida 
turgan vazifalar bilan qiyoslash, asarning tarixiy ahamiyatini aniqlash kerak [89,62]. 
Shunga  ko`ra  ham  ba`zi  asarlarning  g`oyaviy  mazmunini  aniqlash,  anglab  etish 
qiyin  kechadi.  F.Egamberdievaning  fikricha,  badiiy  matnlar  mavzusi  jihatidan  ham 
murakkablik  kasb  etadi:  “Xususan,  vatan  ozodligi,  xalq  erkinligi  va  inson  hurligi 
mavzusida  yaratilgan  asarlarning  ayrimlari  umumiy  o`rta  ta`lim  maktablari 
o`quvchilari tomonidan birdek o`zlashtirilmaydi” [121,5]. 
Liro-epik  asarlarda  ilgari  surilgan  maqsad  avtorning  shaxsiy  kechinmalari  va 
obrazlarning hissiyotlarida o`z ifodasini topadi. Bunday asarlarda lirizm alohida o`rin 
tutadi, chunki u nasriy asarlarga hissiyot ruhi – go`zallik bag`ishlaydi [86,4]. Shunga 
ko`ra  ham  san`at  asari,  shu  jumladan  adabiyot  ham  inson  ruhiyatining  ayrim 
tomonlariga  –  xotirasi,  tafakkuri,  xayoloti,  his-tuyg`ulariga  emas,  balki  uning  bir 
butun shaxsiyatiga ta`sir etadi.  
H.Karimov akademik D.S.Lixachevning quyidagi fikrini o`rinli keltiradi: “...davr 
insonni chetlab, hech narsa yarata olmaydi. Davr inson va uning maqsadi orqali ta`sir 
omiliga aylanadi. Bunda u har kimga har xil ta`sir etadi” [52,3]. Boshqacha aytganda, 
har bir asar keng kitobxonlar ommasini nazarda tutib yozilsa-da, uni to`g`ri tushunish, 
muallif  fikrlarini  qabul  qilish-qilmaslik,  estetik  ta`sirlanish  xususiylik  kasb  etadi 
[69,18]. 
Bugungi  kunda  jamiyatda  insonning  tutgan  o`rni  beqiyos.  U  ko`p  o`qigan 
bo`lishi  kerak.  Ma`lumotlarga  qaraganda,  hozir  har  7  yilda  axborot  to`liq  yangilanib 
turibdi.  Bu  bir  tomondan.  Ikkinchi  tomondan  -bugun  yoshlar  komp`yuterlashtirish 
ta`sirida badiiy asar o`qimay qo`ydilar. 
Inson  –  bu  umumiy      tushuncha.  Inson  deganda  biz  ko`proq  unda 
mujassamlashgan umuminsoniy xususiyatlarni, fazilatlarni nazarda tutamiz [52,1]. 
“Xarakter” garchi keng tushunchaga ega bo`lsa-da, adabiyotning barcha turlarida 
namoyon  bo`lmasligi  bilan  “shaxs”dan  farq  qiladi.  Xarakter  adabiyotning  epos  va 
drama  turlariga tegishlidir.  Undan tashqari,  xarakter  eposning barcha  janrlarida ham, 
masalan, hikoya janrida namoyon bo`lmasligi mumkin [52,2]. 

 
 
27 
27 
“Shaxs”  esa  ma`lum  tushuncha  va  ma`noda  asardagi  qahramonlar  obrazida 
bo`lmasa  ham  “muallif  obrazida”  hamisha  va  doimiy  suratda,  ya`ni  yaxlit  asarning 
badiiyligida ishtirok etadi [52,2]. 
Badiiy  asarlarda  san`atkor  inson  ruhiyatining  yangi  qirralarini  ochadi,  ba`zan 
“kashf etadi”, boshqacha aytganda, yangilik yaratadi. 
Insonning  milliy  o`ziga  xos  xususiyatlari  yillar  davomida  turmush  taqozosi, 
hayot  tajribasi  asosida  yuzaga  kelgan  urf-odatlar,  udumlar  va  din  zaminida 
shakllanadi,  taraqqiy  etadi.  Agar  bu  asoslar  –  urf-odat,  udumlar,  din  o`z  zaminidan 
uzilmasa,  davrdan-davrga,  yildan-yilga  takomillashib,  go`zallashib,  ezgulanib  boradi 
[52,10].  
“Metodika  prepodavaniya  russkoy  literaturы  â  natsional`noy    shkole”  kitobida 
Yu.G.Íigmatulinaning  quyidagi  fikri  milliy  adabiyotni  badiiy  idrok  etishning  o`ziga 
xos xususiyatini ochishga yordam beradi: “Badiiy asarni idrok etish – bu reproduktiv 
badiiy  fikrlash  jarayonida  amalga  oshiriladigan  uni  murakkab  qayta  ishlashdir. 
Reproduktiv  badiiy  fikrlash  deganda  ruhshunoslikka  doir  adabiyotlarda  tavsifiga 
milliy voqelikning butun murakkab spektri ta`sir ko`rsatadigan alohida ruhiy faoliyat 
tushuniladi”  [72,121].  Milliy  mavqe  (pozitsiya)  har  bir  millatning  axloqiy-estetik 
an`analari bilan belgilanadi. Ayni shular asosan alohida olingan shaxsning kitobxonlik 
didini, uning hayotni obrazli idrok etish tizimini, o`zga adabiyotga beradigan bahosini 
shakllantiradi [27,26]. 
O`quvchilarning badiiy asarlarni idrok etishlari muammosini nazariy tahlil qilish 
va  qayta  yaratuvchi  tasavvurlarini  rivojlantirish  shart-sharoitlarini  aniqlash  natijasida 
adabiy  materiallarni  o`qishga  doir  bilim,  ko`nikma  va  malakalarni  shakllantirish 
metodikasini ishlab chiqish uchun asos bo`la oladigan xulosalarga keldik; bu xulosalar 
badiiy  asarni  idrok  etish  jarayonini  quyidagi  tadbirlar  shaklida  ifodalash  imkonini 
beradi: 
1)  asarni  o`qish  jarayonida  o`quv-biluv  orqali  undan  ma`lumotlar  olish  asosiy 
maqsad bo`la olmaydi; o`quvchi voqeaviy syujet aloqalari (matn mazmuni) darajasida 
qolib ketmasligi, aksincha, badiiy obrazlarni idrok etish darajasiga ko`tarilishi kerak; 
2)  asarni  ilk  bor  o`qish  paytida  unda  tasvirlangan  obrazlar  o`quvchining  ko`z 
o`ngida gavdalanib, esda saqlab qolinadi, lekin ular hali to`liq anglanmaydi, shu bois 
o`qishning bu bosqichi dastlabki idrok etish deb nomlanadi; 
3)  badiiy  obrazning  to`liq  anglab  olinishi  uchun  tahlil  usuli  qo`llanadi,  bunda 
badiiy obrazning umumlashma tavsifi ochiladi, dastlabki tasavvur “stabillanadi”; 
4)  tahlil  usulining  yashirin  shakli  o`quvchining  o`z  tasavvuriga  ko`chgan  asar 
mazmuni asosida rasm chizishidir; bunda og`zaki rasm chizish ham qo`l keladi; rasm 
chizish  asarni  chuqurroq  o`rganishga  undaydigan  usul  sanaladi,  chunki  o`quvchi 
tasvirda noaniq bo`lib turgan jihatlarni yana asardan qidiradi; 
5) badiiy  matn ustidagi tahliliy ishlar natijasida nutq o`stirish bilan birga badiiy 
obrazlarni  qayta  yaratish  jarayoni  kechadi,  bunda  o`quvchi  o`zi  chizgan  rasm  bilan 
asarni  taqqoslaydi,  o`z  munosabatini  qatnashtirib  mushohada  yuritadi,  o`z  turmush 
tajribasini  ishga  soladi,  sintezlash  jarayoni  yakunida  o`quvchining  asardagi  obraz 
haqidagi  tasavvuri  sub`ektiv  obraz-tasavvurga  aylanadi,  unga  o`quvchining  shaxsiy 
mulohazalari qo`shilgan bo`ladi; 

 
 
28 
28 
6)  o`quvchi  fikran  (xayolan)  qayta  yaratgan  badiiy  obraz  sub`ektiv  obraz-
tasavvurni  o`zida  aks  ettirib,  idrok  etish  jarayonining  mukammallikka  erishganidan 
dalolat beradi; 
7)  badiiy  asarni  idrok  etish  jarayoni  ikki  bosqichli  strukturani  ifoda  etib, 
birinchisida badiiy obraz bir butun idrok etiladi, ikkinchisida analitik-sintetik faoliyat 
yakunida obrazning umumlashgan ma`nisi (ma`no-mazmuni) qabul qilinadi. 
8)  Kitobxonlik  idroki  quyidagi  me`yorlar  (ko`rsatkichlar)  asosida  baholanadi: 
tasavvurlarning  aniqlik  darajasi;  badiif  umumlashmagan  kirib  borish  darajasi.  Bunda 
kitobxonning analitik-sintetik faoliyati ham hisobga olinadi: obrazli konkretlashtirish; 
obrazli umumlashtirish. 
9)  uzluksiz  adabiy  ta`lim  tizimida  o`quvchilarning  yosh  xususiyatlarini  hisobga 
olish lozim: 
-boshlang`ich sinf o`quvchilari yorqin obrazlarda ta`sirlanishi natijasida faktlarni, 
voqea-hodisalarni,  qahramonlarning  xatti-harakatlarini  anglash  va  baholashga 
intiladilar; obrazlarni qayta yarata olmaydilar; 
-5-7-sinflar  o`quvchilarida  sintezlash  jarayoni  zaif,  hissiyotlarni  nazorat  qilish 
o`z  takomiliga  etmagan,  asar  qahramoniga  nisbatan  his-tuyg`ularida  sub`ektivlik 
kuchli  bo`ladi;  bu  davrda  badiiy  obrazlarni  qayta  yaratish  malakasi  ham  etarlicha 
shakllanmaydi. 

Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


iii-international-106.html

iii-international-110.html

iii-international-115.html

iii-international-12.html

iii-international-124.html