1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 41

III.8. Qoramol go‘shti ishlab chiqarish jarayoni - Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich

bet21/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.

III.8. Qoramol go‘shti ishlab chiqarish jarayoni. 


 


Qoramollarning go„sht mahsuldorligi va uning sifati yosh mollarni o„stirish va 
so„qimlashni to„g„ri tashkil etishga bog„liqdir.  Odatda so„qimga novvoslar, podani 
to„ldirishga  layoqatsiz  urg„ochi  tanalar,  puchak  qilingan  sigirlar  qo„yiladi. 
So„qimlash  muddati  mollarning  yoshi  va  tirik  vazniga  bog„liq  bo„lib,    3-6  oyni 
tashkil etadi. 
Yosh  mollar  15-18  oyligida  so„qimlanadi.  So„qimlash  davrida  mollarni 
bog„lab  boqish  maqsadga  muvofiqdir.  So„qimga  bog„lanadigan  mollarning  tirik 
vazni  300-350  kg  bo„lishi  kerak,    ana  shunda  ularning  o„rtacha  kunlik  semirishi 
800-1200 g ga teng bo„lganda, so„qimlash yakunida,  ularning tirik vazni 450-500 
kg ga yetadi. 
Sut-go„sht  yo„nalishidagi  novvoslarning  tirik  vazni  18  oyligida  450  kg,    sut 
yo„nalishidagilarniki esa 400 kg bo„lishi ko„zda tutiladi. Sut-go„sht yo„nalishidagi 
zotli qoramollar 6 oyligigacha o„stirilganda 250 kg qaymog„i olinmagan,  400 kg 
qaymog„i  olingan  sut  ichishlari  kerak,  sut  yo„nalishidagi  o„rtacha  vazndagi 
mollarga esa 200 kg qaymog„i olinmagan,  400 kg qaymog„i olingan sut beriladi. 
Ana shunda ularning o„rtacha kunlik o„sishi 700-800 g teng bo„ladi. 
Bahor  oyida  tug„ilgan  buzoqlar  ratsionidagi  dag„al  va  shirali  oziqalar,  ko„k 
o„tlar  bilan  almashtiriladi.  Sero„t  tabiiy  va  madaniy  yaylovlarda  boqilsa  15-20% 
yem oziqalar iqtisod qilib qolinadi. 
Jadal  ravishda  o„stirilayotgan  sut-go„sht  yo„nalishidagi  mollarning  o„rtacha 
kunlik semirishi 700-750 g,  sut yo„nalishidagilarniki 600-650 g ga teng bo„lib, 15 
oyligida ularning tirik vazni mos ravishda 375 kg va 325 kg yetkazish mumkin. 
Go„sht  uchun  o„stirilayotgan  yosh  mollar  ratsionining  asosiy  qismini  silos 
tashkil etish  kerak.  Bunda uning ratsionidagi to„yimlilik bo„yicha nisbati 12 oylik 
mollar uchun 50%, 15 oylik mollar uchun esa 60% ga teng bo„ladi. Dag„al oziqalar 

 
174 
esa to„yimliligi bo„yicha 40% gacha beriladi. Omixta yemlar berilishi 20-25% qilib 
chegaralanadi.    Bahor-yoz  oylarida  yaylov  sero„t  bo„lsa,    yem  bermasdan  boqish 
mumkin. Iqlim  sharoitiga qarab har xil oziqalar   beriladi.  Bunda ratsion tarkibida 
qaysi bir oziqa turining salmog„i yuqori bo„lsa so„qimlash usuli o„sha oziqa nomi 
bilan ataladi. 

Silos bilan  so‘qimlash. 

  So„qimlanayotgan 
mollarga 
makkajo„xori, 
kungaboqar  yoki  har  hil  o„tlardan  tayyorlangan  silos  beriladi.  Ratsion  tarkibining 
50-65%  ni  silos  tashkil  etadi,  15-20%    dag„al  oziqa,  23-25%  yem  beriladi.    Bu 
tartibda  beriladigan  oziqalar  tarkibida  protein  va  mineral  moddalarga  extiyojining  
25-30%  hisobida  mochevina  qo„shib  beriladi.  Novvoslar  ana  shu  usulda 
so„qimlanganda  o„rtacha kunlik  semirishi  850-950 grammni  tashkil  etadi.  1 kg et 
olish uchun esa 7,5-8,0 oziqa birligi sarflanadi. 
 

Senaj bilan so‘qimlash. 

Hayvonlar senaj yeyishga tez    o„rgandi va kuniga 
20 kg gacha iste‟mol qilishi mumkin.  Bu usulda so„qimlanganda dastlabki davrda 
ratsion  tarkibidagi  omixta  yemning  miqdori  to„yimliligi  bo„yicha  15-20%  ni, 
yakunlovchi  davrda  esa  30-35%  ni  tashkil  etadi.    Bunda  novvoslarning  o„rtacha 
kunlik  semirishi  900-1000  gramm  teng  bo„lib,    I  kg  semirish  uchun  7,5-6,0  oziqa 
birligi sarflanadi. 

Omixta  yem  bilan  so‘qimlash.

  Novvoslarga  faqat    omihta  yemning  o„zi 
berilsa  organizmda  kechadigan  fiziologik  jarayonlar  buziladi.  Shuning  uchun 
albatta  ratsion  tarkibiga  somon  va  beda  pichani  kiritilsa  yem  bilan  dag„al 
xashakning nisbatini 4:1 ga tenglashtirish kerak. Ana shunda o„rtacha  kunlik o„sish 
1100-1200  gramm    ga  teng  bo„lib,  1  kg  et  olish  uchun  7,0-7,5  oziqa  birligi 
sarflanadi.    

Sho‘lxa bilan so‘qimlash.

 Ma‟lumki,  Respublikamizda  chigit sho„lxasi ko„p 
miqdorda  ishlab  chiqariladi.  Novvoslarni  bo„rdoqilashda  undan  samarali 
foydalanish mumkin. Lekin yosh mollarga 2 oydan ortiq berib bo„lmaydi, chunki 
sho„lxa  tarkibida  gossipol  degan  zaharli  modda  bo„lib,    organizmga  salbiy  ta‟sir 
ko„rsatadi,  yani  qo„tir  alomatlari  yuz  berishi,    ko„z  xiralashadi,    muvozanat 
yo„qoladi. Zaharlanishni oldini olish uchun ratsion tarkibiga ko„k oziqalar kiritish 
va 1 kg hisobiga 0,5 gramm temir ko„porosi qo„shib berish kerak. Novvoslarga 10-
12 kg sho„lxa beriladi, u ratsionning 35-40 % ni tashkil etadi.  

To‘ppalar  bilan  so‘qimlash

.  Qoramollarni  so„qimlashda    etil  spirti,  aseton 
ishlab  chiqarish  chiqindilari  hisoblangan  don,  kartoshka,  makkajo„xori,  javdar  va 
bug„doy to„ppasidan foydalanish mumkin. Boshlang„ich davrda hayvonlarga ozroq 
nordon  to„ppa  berib  yeyishga  o„rgatiladi,    haftaning  oxiriga  borib  har  bosh 
hayvonga  40-50  kg  ga  shunday  oziqa  yediriladi.  Hazmlanish  jarayonini  me‟yorda 
saqlash va ishtahani yaxshilash maqsadida ratsion tarkibiga 3-4 kg dag„al oziqalar 
va mineral oziqa qo„shilgan omixta yem kiritiladi. 
Protein  yetishmasa  tarkibida  azoti  ko„p  bo„lgan  sintetik  moddalar  beriladi. 
O‟rtacha kunlik o„sish 800-1000 gramm  bo„ladi . 

 
175 

Barda  bilan  so‘qimlash.

        Qoramollarni  barda  bilan  so„qimlash  texnikasi  
ham  to„ppa  bilan  so„qimlash  texnikasidek  amalga  oshiriladi.    Barda  bilan 
so„qimlanganda  hayvonlarning  o„rtacha  kunlik  o„sishi  750-850  grammga  teng 
bo„ladi. 

Puchak  qilingan  sigirlarni  so‘qimlash

.      Katta  yoshdagi    puchak  qilingan 
sigirlar  yuqori  semizlik  darajasiga  yetguncha  so„qimlanadi.  Ularga  beriladigan 
oziqa  turlari  va  sifati  uncha  farqlanmaydi.    Bunday  vaqtda  suvi  siqib  olingan 
mahsulotlar    (jom.),    barda,    ichki  po„stloq  (mezga),  sho„lxa,  silos,    senaj,  poliz 
mahsulotlari  va  ildiz  mevalardan  foydalanish  mumkin.  Ko„k  oziqalardan 
foydalanish katta yoshdagi mollarni so„qimga boqishni arzonlashtiradi. Beriladigan 
oziqalarning turlari va sigirlarni kg oriq-semizligiga qarab so„qimlash muddati 80-
120 kun    oralig„ida bo„lishi mumkin. 
So„qimlashning  boshlangich  davrida  kamroq  omihta  yem  beriladi.  Yakuniy 
davrda esa go„sht sifatini yaxshilash  maqsadida yem miqdorini bir oz ko„paytirish 
lozim,  lekin  ratsion    tarkibidagi  yem  darajasi  30%  oshirilmaydi.  Mollarning  bir  
kunlik o„rtacha semirishi 800-1200 g ni tashkil etadi. 

 


 


III bob uchun nazorat savollari 


 
1. Qoramolchilikda rivojlantirish istiqbollari 
2. Qoramollarning biologic  hususiyatlari  
3. Qoramollarning sut mahsuldorligi  
4. Sigirlarning sut mahsuldorligi va sutining tarkibiga ta‟sir qiluvchi omillar  
5. Qoramollarning go‟sht mahsuldorligi  
6. Qoramollarning go‟sht mahsuldorligiga ta‟sir qiluvchi omillar  
7. Fermer ho‟jaligida sut ishlab chiqarish tehnologiyasi  
8. Sut ishlab chiqarishning  uzluksiz sehlar tizimi  
9. Qoramol go‟shti ishlab chiqarish tehnologiyasi  
10. Fermer ho‟jaligida go‟sht ishlab chiqarish  
11. Go‟shtdor qoramolchilik  
12. Qoramol zotlari klfssifikasiyasi  
13. Sut yonalishidagi qoramol zotlari  
14. Sut-go‟sht yo‟nalishidagi qoramol zotlari  
15. Go‟sht yo‟nalishidagi qoramol zotlari  
16. Qora-ola zoti  
17. Beshuev zoti  
18. Qizil cho‟l zoti  
19. Shves zoti  
20. Qozoqi oqbosh zoti  
21. Santa-gertruda  zoti  
22. Aberdin-angus zoti  

 
176 

III bob uchun test savollari 


 


1. Sut yonalishidagi rejali qoramol zotlari ?  
a) Qora-ola, Qizil cho‟l, Bushuev 
B) Qora-ola, shves, Bushuv 
c) Qora-ola, shves, qizil cho‟l  
d) Qora-ola qizil cho‟l, abrdin angus 
e) Qora-ola, shves 
 
2.Sut-go‟sht yo‟nalishidagi rejali qoramol zotlari? 
a). Qora-ola  
b) Shves 
c) Bushev 
d) Qizil cho‟l 
e)  Abrdin-angus 
 
3. Go‟sht yo‟nalishidagi rejali qoramol zotlari?  
a) Qozoqi oq bosh, qora-ola, aberdin-angus  
b) Qozoqi oq bosh, qora-ola santa gertruda  
c) Qozoqi oq bosh, santa gertruda, aberdin-angus 
d).Qozoqi oq bosh, Bushiev, santa gertruda  
e) Qozoqi oq bosh, qora-ola shves  
 
 
4. Sigirlar sutining tarkibidagi quruq modda qancha?  
a) 10.5 
b) 13.5 
c) 14.5 
d) 12.5 
e) 15.5 
 
5.Buzoqlarning sut davri necha oy davom tadi?   
a) 6 
b) 1 
c) 2 
d) 3 
e) 12 
 
6.Yirik zotga mansub urg‟ochi tanalar qaysi yosh va vaznda qochiriladi??  
a) 12-14 oyligida, vazni 250-300 kg bo‟lganda 
b) 16-18 oyligida, vazni 350-360 kg bo‟lganda  
c) 20-22 oyligida, vazni 400-450 kg bo‟lganda  

 
177 
d) 10-12 oyligida, vazni 250 kg  bo‟lganda 
e) 30-32 oyligida, vazni 500 kg  bo‟lganda 
 
7. Tanalarni qochirishda necha hil usuli bor?  
a) Su‟niy, dalada, sigirhonada 
b) Erkin, sun‟iy, yayrash maydonida) 
c) Erkin, qo‟lda, sun‟iy 
d) Erkin, qo‟ldan, sigirhonada  
e) Yayrash maydonoda, yaylovda sun‟iyozuqalar quruq moddasini aniqlash 
  
 
8. Sigir sutkasiga necha mtr sayir qilishi kerak?  
a) 1000-1500 m  
b) 1500-2000 m  
c) 4000-5000 m 
d) 3500-4000 m 
e) 5500-6000 m   
 
9. Laktasiya davri nima?  
a)  Sigir tiqqandan sutdan chiqqungacha davr 
b)  Sigirning tug‟ish davri 
c) Sigirni sutdan chiqarish 
d)Sigirni bug‟ozlik davri  
e) Sigirning dam olish davri  
 
10.Sigirlar Laktasiya davrining davomiyligi?  
a) 400 run  
b)  500 kun  
c)  305 kun  
d) 350 kun  
e) 450 kun  
 
11. Sut ishlab chiqarishning uzluksiz shlar tizimida qaysi sehlar mavjud? 
a) Tug‟ish, oziqlanish, dam olish, qochirish  
b) Oziqlanish, dam olish, iydirish. qochirish  
c) Iydirish, qochirish, dam olish, oziqlantirish   
d) Tiug‟ishdan oldin dam olish, tug‟ruq, iydirish va qochirish, sut ishlab chiqarish    
e) Dam olish, sut berish, bug‟ozlik, tug‟ish  
 
12. Sigirlar fermer ho‟jaliklarida necha yil foydalaniladi ?  
a) 8-10 y 
b) 3-4 y 

 
178 
c) 5-6 y 
d) 14-16 y  
e) 18-20 y  
 
13. Sigirlarning bug‟ozlik davri necha kun bo‟ldi? 
A)  350-360 kun.  
b) 280-285 kun   
c) 300-310 kun .  
D) 150-160 kun   
e) 250-255 kun    
 
14.Qoramollarning go‟sht uchun o‟stirish qaysi davrlardan iborat 
a) O‟stirish, yayratih boqish 
b) O‟stirish, bo‟rdoqilash, boqish  
c) O‟stirish, etiltirish, bordoqilash  
d) O‟stirish, dam oldirish, boqish  
e) O‟stirish, etiltirish, dam berish  
 
15. Go‟sht qaysi to‟qimalardan tashkil topgan  
a) Muskul,  go‟sht, yog‟, suyak 
d)  Muskul, biriktiruvchi to‟qima, yog‟  
c) Muskul, ,biriktiruvchi to‟qima, yog‟   
d)   Muskul,  yog‟, suyak, biriktiruvchi to‟qima   
e) Muskul,  yog‟, suyak, qon, limfa to‟qimalari  
 
16. Sigir elini qaysi toqimalardan idorat? 
a) Bez,yog‟, briktiruvchi  
b) Bez, yog‟, muskul 
c) Bez, muskul, briktiruvchi to‟qima  
d) Bez, muskul, nerv  
e) Bez, muskul, qon  
 
17. Sigirlar necha minut sog‟iladi? 
a) 3-4 minut  
b) 5-6 minut  
c) 8-10 minut  
d) 10-12 minut  
e) 15-20 minut  
 
18. Sigirlarning servis davri nima?  
a) Sut berish davri  
b) Dam  olish davri  

 
179 
c) Sigir tuqqandan otalangungaha  davr  
d) Bug‟ozlik davri  
e) Sigirlarni yayratish davri  
 
19. Sigirlarni tug‟ishdan oldin dam olish davri davomiyligi?  
a) 30 kun  
b) 40 kun  
c) 90 kun  
d) 60 kun  
e) 100 kun  
 
20. Bo‟rdoqilangan qoramollarning  qanaqa  semizlik darajalari mavjud?  
a) Oliy, o‟rta, o‟rtadan past, oriq  
b) Oily, oriq, semiz, etilmagan  
c) Oily, etilmagan, o‟rta, oriq  
d) Oily, o‟rtadan past, etilmagan, semiz 
e) Oriq, semiz, so‟yishga mos 
 

III bob uchun topshiriqlar 


1.
 
Qoramollarda  32  tish  bo‟lib,  unda  ________ta  kurak,  __________dona 
kichik va _____________dona katta jag‟ tishlari mavjud  
 
2.
 
Quyidagi sigirlarning yo‟nalishini aniqlang: suyaklari ingichka, mustahkam, 
mushaklari  qoniqarli  rivojlanmagan,  teri  yupqa,  elini,  oshqozon  –ichak  tizimi 
yahshi rivojlangan  
 
3.
 
Mollarda quyidagi o‟lchamlarni olish nuqtalarini aniqlang  
a)
 
yag‟ring balandligi - 
b)
 
Dumg‟aza balandligi-  
c)
 
Tananing to‟g‟ri uzunligi-  
d)
 
Tananing qiya  uzunligi - 
e)
 
Kaft aylanasi - 
 
4. Quyidagi o‟lchamlar bo‟yicha tana indekslarini hisoblang  
1) Ko‟krak indeksi uning chuqurligi 75 sm, eni 45 sm  
2) Suyakdorligi indeksi kaft aylanasi 20 sm yag‟rin balandligi 131 sm bo‟lganda 
necha teng  
 
5.  Sigirning  tanasi  nomutanosib  rivojlangan,  suyaklari  yog‟on  mustahkam, 
mushaklari qattiq, boshi katta besonaqay uning konstinusiyasi tipini aniqlang  
 

 
180 
6.  Tananing  to‟g‟ri  uzunligi  132  sm,  ko‟krak  aylanasi  186  sm  bo‟lganda 
Plohinskiy usulida molning tirik vaznini aniqlang  
 
7.  Og‟iz  sutining  tarkibida  ______%suv  _____%  quruq  modda,  shundan: 
oqsillar -%  
Yog‟ _____%  
Qand______% 
Minerallar _______% 
 
8. Ushbu sigir laktasiya egri chizig‟ini ifodalang  
laktasiyning 1 oyida-310 kg  
2 ____“”_____400 kg  
3____“”_____410 kg  
4____“”______350 kg  
5____“”_____300 kg  
6____“”_____50 kg  
7____“”_____200 kg  
8____“”_____150 kg  
9____“”_____100 kg  
10____“”_____50 kg  
9. Laktasiyaning 3 oyida sut yog‟ining o‟rtacha ko‟rsatkichini aniqlang  
Laktasiyaning 1 oyida sut, kg yog‟ %  
310_________3.9 
400_________4.0 
410_________3.5 yog‟lilikdagi sut bergan  
 
10. Sigirning laktasiya turg‟unlik koefisentini aniqlang  
Sigir laktasiyaning birinchi 100 kunida 1500 kg bkkinchi 100 kunligida 850 kg 
sut bergan  
 
11.  Tusi  qora-jla,  tirik  vazni  buqalariniki  900-1000  kg,  sigirlarniki  500  kg 
laktasiyada 3500-4000 kg sut yog‟liligi 3.5 % bo‟lgan sigir qaysi zotga mansub  
 
12.  Tusi  och  qizildan  to‟q  qizilgacha,  buqalarining  tirik  vazni  800-900  kg 
sigirlari  450-500  kg  laktasiya  davomida  bergan  suti  3500  kg  sutining  tarkibidagi 
yog‟i 3.7 % bo‟lgan sigir qaysi zotga mansub  
 
13. Tusi oq-suvsar, buqalari 700 kg, sigirlari 400-450 kg tosh bosadi. Laktasiya 
davomida  2500-3000  kg  sut  beradi,  sutining  yog‟ligi  4.0-4.2  %  ga    teng  bo‟lgan 
sigir qaysi zotga mansub.  
 

 
181 
14. Tusi qo‟ng‟ir, tanasining ustida qora qayish o‟tadi, burun oynasi atrofi oq, 
tirik vazni buqalariniki 1000-1100 kg, sigirlarniki 500-550 kg, laktasiya davomida 
3000-3500 kg sut berib, sutining yog‟liligi 3.7 % bo‟lgan sigir qaysi zotga mansub  
 
15. Tusi tim qora, to‟qol, buqalarining tirik vazni 800-900 kg, sigirlari 550-600 
kg, laktasiya davomida 1200 kg sut berib, yog‟liligi 4.0 % bo‟lgan sigir qaysi zotga 
mansub  
 
16. Sigiirlarni saqlashning 2 hil ______caqlash usullari mavjud  
 
17. Sut ishlab chiqarishning uzluksiz sehlar tizimida 4 ta seh bor  
1 seh bug‟oz sigirlar sehi -60 kun  
2 seh________________     kun  
3 seh________________     kun 
4 seh________________     kun 
18. Yosh qoramollarni go‟sht uchun o‟stirish uch  bjsqichda iborat  
1 davr_____________12 oy  
2 davr_____________3 oy  
3 davr_____________3 oy  
Jami  18 oy  
 
19.  Qoramollarni  o‟stirish  davrida  sutkasiga  ____g,  etiltirish  davrida______g, 
bo‟rdoqilash bosqichida ________g semirish ta‟minlanadi.  
 
20. Qoramollarning go‟sht mahsuldorligi _____vazni,_________semirish, 1 kg 
________ozuqa sarfi va so‟yim chiqimi bilan belgilanadi. 
 

 


 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 


 
 

 


 

 



 
182 

 


 

IV BOB 


 


QO‘YCHILIK 


 
Qo„ychilik chorvachilikning muhim tarmog„i hisoblanadi. Ulardan jun, qo„y- 
po„stin, mo„ynabop, qorako„l, charmbop teri, sut va go„sht olinadi. Bundan tashqari 
ularning  qator  so„yim  mahsulotlaridan  meditsina  va  veterinariya  dori-darmonlari 
tayyorlanadi. Go„ngi esa mahalliy o„g„it sifatida foydalaniladi. 
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan junning 95%, go„shtning qariyb 10% 
va qorako„l terilar qo„ychilikka to„g„ri keladi. 
Mamlakatimizda  9  milliondan  oshiqroq  qo„y  va  echki  bo„lib,  mustaqillik 
yillari  sohani  rivojlantirishning  katta  imkoniyatlari  yaratib  berildi.  Soha  to„liq 
xususiylashtirildi,  ishlash  uchun  barcha  huquqiy,  tashkiliy  va  iqtisodiy  shart-
sharoitlar  barpo  etildi.  O‟zbekistonda  qo„ychilikni  rivojlantirishga  katta 
imkoniyatlar  mavjud,  chunki  yetarli  sahro,  cho„l,  tog„  va  tog„  oldi  yaylovlari 
mavjud.  Sohani  rivojlantirish  bilan  mamlakatda  ijtimoiy  va  iqtisodiy  masalalarni 
hal qilish mumkin, ya‟ni sahro, cho„l, dasht va tog„ hududlarida odamlarni ish bilan 
ta‟minlash, hamda ko„p, arzon va sifatli mahsulot yetishtirish mumkin.  
Qo„ylarni  faqat  yirik  ixtisoslashgan  xo„jaliklardagina  urchitib  qolmasdan, 
kichik  xo„jaliklar,  fermer,  dehqon  va  shaxsiy  yordamchi  xo„jaliklarda  jadal 
rivojlantirish choralarini ko„rish kerak. 
Ayniqsa  bu  yo„nalishda  ko„plab  qo„ychilikka  ixtisoslashgan  fermer 
xo„jaliklari  tuzishni  taqozo  etadi.  Bu  borada  O‟zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining 2006 yil 23 martdagi 308-sonli qarori imkoniyatlaridan foydalanish 
nafaqat  fermer  xo„jaligi,  balki  dehqon  va  shaxsiy  yordamchi  xo„jaliklarda  ham 
qo„ychilikni keng rivojlantirish imkoniyatlarini ochib beradi. 

 


IV.1.Qo‘ylarning biologik xususiyatlari va tasnifi. 


Qo„ylarning  asosiy  biologik  xususiyatlaridan  ularning  yuqori  jun  va  go„sht 
maxsuldorligi hisoblanadi. Ularning eng nodir xususiyatlaridan biri ularning barcha 
tuproq  va  iqlim  sharoitlarida  yashash  va  mahsulot  berish  qobiliyatidir.  Qo„ylar 
yaylov  hayvoni  bo„lib  turli  xil  yaylovlarni  ayniqsa,  kambag„al  yaylovlardan  ham 
o„t topib yeyish imkoniyatiga ega. Bu borada ularning yupqa, harakatchan lablari 
nafaqat  mayda  o„tlar,  balki  to„qilgan  barg  va  gullarni  ko„tarib  yeyishini 
ta‟minlaydi.  Ayniqsa  ular  dag„al  oziqalarni  yeyish  va  yaxshi  hazm  qilishi  bilan 
boshqa  qishloq  xo„jalik  hayvonlaridan  ustun  turadi.  Shuning  uchun  ularni 
oziqlantirishda  yem  va  shirali  oziqalardan  kam  foydalanishni  taqozo  etib,  ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning arzon bulishiga sabab bo„ladi. 
Qo„ylarning  tanasi  mustaxkam  bo„lib,  oyoklari  ingichka  va  kuchli,  tuyoqlari 
qattiq bo„lib yaylovlarda yurishga moslashgan. 

 
183 
Sahro  va  cho„l  xududlarida  urchitiladigan  qo„ylarda  dumba  va  dumida 
(qorako„l qo„yi) yog„ zaxiralarini to„plash qobiliyati bor, Ushbu zaxiralarni qo„ylar 
to„yimli moddalar va suv yetishmagan paytda tanasi uchun foydalanadi.  
Qo„ylarning bo„g„ozlik davri qisqa bo„lib 150-155 kunni tashkil etadi, shuning 
uchun  yaxshi  oziqlantirish  va  saqlash  sharoitlarini  yaratib  bergan  xo„jaliklarda 
(fermer,  dehqon,  shaxsiy  yordamchi  xo„jaliklar)  bir  yilda  ikki  marta  to„l  olishni 
tashkil qilish mumkin (go„sht-yog„ qo„ychilikda). 
Sovliqlar serpusht bo„ladi, ya‟ni ular ichida 2-3 ta qo„zi tug„adiganlari ko„plab 
uchraydi, yoki har 100 bosh sovliqdan 110-120 bosh qo„zi olish mumkin. 
Qo„ylarda  boshqa  hayvonlarda  uchramaydigan  ulkan  xislat  bo„lib.  ular 
hayotining  birinchi  kunidan  boshlab  (qorako„l  teri)  bozorbop  mahsulot  berish 
xususiyatiga ega. 
Boshqa  hayvonlarga  nisbatan  qo„ylar  dag„al  oziqalarni  yaxshi  iste‟mol  qilib 
hazmlaydi.  Yaylovlardagi  600  xil  o„tdan  qo„ylar  550  xilini,  otlar  100  turini, 
qoramollar esa faqat 50 turini iste‟mol qiladi. 
Qo„ylar  4  kameralik  oshqozon  va  yaxshi  rivojlangan  ichaklarga  ega. 
Oshqozon ichaklarining umumiy xajmi 44 l.ni tashkil qiladi. Ingichka ichaklarining 
uzunligi 26 m, yo„g„on ichaklari 5 m, ularning so„rish yuzasi 2,8 m ²,shu sababdan 
qar qanday oziqani qazm qilib, uzlashtirib olishi mumkin. 
Qo„ylar tez yetiluvchan hayvon hisoblanadi, ularni 6-8 oyligida go„sht uchun 
so„yish  mumkin.    Yana  bir  ajoyib  xususiyati,  dumbali  qo„ylar  dumbasida  yog„ 
to„playdilar, xisor qo„ylarida u 50 kg.gacha yetadi. 
Qo„ylar sil kasalligi bilan kam kasallanadi, lekin brusellyoz, qichima, chechak, 
tuyoq  chirishi,  mastit  va  gijja  kasalliklariga  tez  chalinadi,  shuning  uchun  o„z 
vaqtida oldini olish choralarini ko„rish kerak. 
Qo„ylarning  tabiiy  yashashi  15  yil,  xo„jalikda  esa  o„rtacha  5-6  yil 
foydalaniladi. 
Qo„ylar ishlab chiqarish klassifikatsiyasi bo„yicha quyidagicha bo„linadi: 
1.
 
Mayin junli qo„ylar 
2.
 
Yarim mayin junli qo„ylar 
3.
 
Yarim dag„al junli qo„ylar 
4.
 
Dag„al junli qo„ylar 
 

IV.2. Qo‘ylar maxsuldorligi. 


Qo„ylarning  asosiy  mahsulotlari  bo„lib  jun,  po„stinbop  teri,  qorako„l  teri, 
go„sht  va  sut  mahsulotlari  hisoblanadi.  Bularning  ichida  eng  asosiysi  jun 
hisoblanadi (mayin va yarim mayin junli qo„ylar). 

Jun

  –  qo„ylarning  qoplamasi  bo„lib  ulardan  matolar,  trikotaj  buyumlari  va  
gilam  to„qiladi.  Birlamchi  jun tolalari homila  50-70 kunligida  shakllanadi.  Ushbu 
holatni  e‟tiborga  olgan  xolda  bo„g„oz  sovliqlarining  bo„g„ozlikning  birinchi 
yarmidayoq  to„yimli  moddalar,  minerallar  va  vitaminlar  xomila  tana  va  satxida 
ko„proq  birlamchi  jun  tolalari  shakllanishiga  olib  keladi.  Ikkilamchi  junlar  sal 

 
184 
kechroq  hosil  bo„ladi,  jun  tolalarining  to„liq  shakllanishi  tugilgandan  keyin  1  oy 
ichida  tugallanadi,  shuning  uchun  bo„g‟ozlikning  ikkinchi  davri  me‟yorda 
oziqlantirish  va  saqlash,  tug„gandan  keyin  emizikli  sovliqlarni  to„la  qiymatli 
oziqlantirish  qo„zilarni  og„iz  suti  va  sutga  to„yishi  evaziga  qalin  jun  qoplamini 
shakllanishiga sabab bo„ladi. 
Jun  tolasi  ikki  surgich  va  piyozcha  qismlaridan  iborat.  Junning  teri  ichidagi 
qismi uning ildizi va ustidagi qismi poyasi deyiladi. 
Jun  tolasi  gistologik  tuzilishi  bo„yicha  uch  qavatdan  qobiq,  mag„iz  va 
o„zakdan  iborat.  Tivit  va  oraliq  jun  tolalari  faqat  qobiq  va  mag„iz  qavatlaridan, 
qiltiq, o„lik qoplovchi jun tolalarida esa hamma qavatlar mavjud. 
Qo„ylarda  morfologik  tuzilishi  bo„yicha  quyidagi  jun  tolalari  uchraydi:  tivit, 
oraliq,  qiltiq,  quruq,  o„lik  va  qoplovchi.  Junda  ularning  nisbatiga  qarab  xillari 
aniqlanadi.  Jun  tarkibida  tivit  va  oraliq  jun  tolalari  qanchalik  ko„p  bo„lsa  u 
shunchalik  ijobiy  hisoblanadi  (yarimdag„al  va  dag„al  junlar  uchun).  Mayin  junli 
qo„ylar juni faqat tivit tolalaridan, yarim mayin junli qo„ylar juni tivit va oraliq jun 
tolalaridan, yarimdag„al junli qo„ylar juni tivit, oraliq va qiltiq jundan, dag„al junli 
qo„ylar  juni  tivit,  oraliq,  qiltiq,  quruq  va  o„lik  jun  tolalaridan  tashkil  topadi. 
Qoplovchi jun tolalari qo„ylarning bosh va oyoq qismlarini qoplagan bo„ladi. 
Junning  qalinligi  1  mm²  maydondagi  jun  tolalarining  miqdori  bilan 
belgilanadi.  Mayin  junli  qo„ylarda    1  mm  ²  da  60-65  dona,  yarim  mayin,  yarim 
dag„al va dag„al jun beruvchi qo„ylarda esa 20-40 dona jun bo„ladi. 
Jun  tolalari  quyidagi  fizik  xossalarga  ega  uzunligi,  ingichkaligi,  jingalakligi, 
mustahkamliligi,  cho„ziluvchanligi,  egiluvchanligi,  rangi  va  yaltiroqligi.  Bu 
belgilar junning texnologik sifati uchun asos bo„ladi. 
Qo„ylardan quyidagi junlar olinadi: mayin jun  – yilida bir marta mayin junli 
va duragay qo„ylardan qirqib olinadi. Uning sifati asosan 60 sifatdan past bo„lmay, 
albatta oq rangda bo„lishi shart. 
Yarim  mayin  jun  –  bir  yilda  bir  marta  yarim  mayin  jun  beruvchi  qo„ylardan 
qirqib olinib. 58-50 sifat va oq rangda bo„lishi kerak. 
Yarim  dag„al  jun  –  mayin  va  dag„al  junli  qo„ylarning  duragaylari,  hamda 
saradja  zotli  qo„ylardan  yiliga  2  marta  qirqib  olinadi.  Bu  jun  bir  xil  bo„lmagan 
junlar toifasiga kirib 48-46 sifatga, ega oq rangda bo„ladi. 
Dag„al  jun  –  bir  xil  bo„lmagan,  har  xil  rangdagi  jun  bo„lib  dag„al  junli 
qo„ylardan  yiliga  ikki  marta  qirqib  olinadi.  Romanov  zotli  qo„ylar  yiliga  3  marta 
qirqiladi. 
Bir  qirqimda  qo„ydan  yaxlit  olingan  jun  runo  deb  ataladi.  Mayin  va  yarim 
mayin jun beruvchi qo„ylar to„liq yaxlit runo jun beradi, dag„al va yarim dag„al jun 
beruvchi qo„ylar esa bahorgi qirqimda yaxlit (runo) , kuzgi qirqimda esa kokilcha 
(bo„ltak) jun beradi. 
O‟zbekiston sharoitida qo„ylar ikki marta bahorda va kuzda qirqiladi, bundan 
tashqari  1  yoshda  qo„zi  qirqimi  o„tkaziladi.  Jun  qo„lda  va  qirqish  agregatlari 
yordamida amalga oshiriladi. Kichik xo„jaliklarda (500-1000 bosh) qo„lda va yirik 

 
185 
xo„jaliklarda  albatta  qirqim  agregatlarida  amalga  oshiriladi.  Kuzgi  qirqim 
muddatlari shunday belgilanishi kerakki, qattiq sovuqqacha jun usib tanani qoplash 
imkoniyati bo„lsin. 
Qirqim davri ob-havo sharoiti va jun qoplamining holatiga qarab belgilanadi. 
Bahorgi  qirqim  jun  ko„tarilganda  va  unda  yetarli  ter-yog„  bo„lganda  boshlanadi. 
Qo„ylarni  qirqimdan  oldin  12  soat  boqilmaydi,  to„q  qo„ylarda  qirqish  davrida 
noqulayliklar seziladi. Qirqishdan oldin qo„ylar cho„miltiriladi. Qirqilgan qo„ylar 2-
3  kun  tashqi  muhit  ta‟siriga  sezuvchan  bo„ladi,  shuning  uchun  ularni  qo„tonlar 
yaqinida o„tlatish kerak. Jun iloji boricha teriga yaqin va bir tekisda qirqib yaxlit- 
runo  jun  olishga  harakat  qilish  kerak,  chunki  u  kokilcha-bo„ltak  junga  nisbatan 
qimmat  turadi.  Agarda  tananing  biror  qismida  jun  balandroq  qirqilgan  bo„lsa  uni 
qayta  qirqish  kerak  emas,  chunki  kalta  jun  runo  sifatini  buzadi.  Jun  sifati  qirqib 
olingan teri parchalari bilan ham yomonlashadi. Terini qirqib olish faqat jun sifatini 
yomon qilib qo„ymasdan, qo„yni jarohatlaydi, yiringlash manbai bo„lishi mumkin. 
Shuning uchun qirqilgan joy shu zahotiyoq kreolin yoki boshqa dizenfeksiyalovchi 
modda  bilan  ishlanishi  shart.  Har  bir  qo„ydan  qirqib  olingan  yaxlit-runo  alohida 
o„ralib klasslash xonasiga o„tkaziladi. 
Dag„al jun uning tarkibidagi jun tolalarining nisbatiga qarab I-II-III klasslarga 
bo„linadi. 

Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


iii-international-241.html

iii-international-246.html

iii-international-250.html

iii-international-255.html

iii-international-26.html