1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 21

III b o b. O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi - «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati

bet12/21
Sana12.05.2017
Hajmi2.34 Kb.

III b o b. O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi 


yillarida (1939—1945-yillar)


11-§. O‘ZBEKISTONNING URUSH GIRDOBIGA


TORTILISHI. MODDIY VA MA’NAVIY KUCH LAR NING


FRONTGA SAFARBAR ETILISHI


Ikkinchi jahon  urushi jahon ta   rixida misli
ko‘rilmagan da 
rajada katta va dah 
shatli,
butun insoniyat boshiga og‘ir kulfatlarni
solgan urush bo‘ldi. 1939-yil 1-sentabr kuni
fashistlar Germaniyasi qo‘shinlarining Polshaga bostirib kirishi
bilan boshlangan bu urush 61 mamlakatni, Yer shari aholisining 80
foizini, ya’ni 1,7 milliard kishini o‘z girdobiga tortdi.
Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o‘rtasidagi ixtiloflar,
tajovuzkor kuchlarning dunyoga hukmron bo‘lish uchun intilishlari
keltirib chiqardi. Urushni asosiy bosqinchi davlatlar — fashistlar
Germaniyasi va Italiyasi hamda Yaponiya boshladi. Ular orasida
Germaniya uyushtiruvchi, yetakchi rol o‘ynadi.
Fashizm o‘ta agressiv, o‘ta urushqoq siyosiy kuch, siyosiy par-
tiya sifatida Birinchi jahon urushi tugashi bilanoq Italiya va
Germaniyada vujudga keladi. Fa 
shistik kuchlarni Birinchi jahon
urushi yakunlaridan norozi bo‘lgan, dunyoni qaytadan bo‘lishga va
dunyo da hukmron bo‘lishga intiluvchi yirik moliya-sanoat korxo -
nalari egalari, harbiylar har tomonlama qo‘llab-quvvatladilar. Fa -
shistlar ikki jahon urushi o‘rtasida o‘tgan 20 yil davomida ildiz otib,
kuchayib boradi va nihoyat Germaniya, Italiya va boshqa mam-

Urushning boshla -


nishi, sabablari va


xarakteri



117
lakatlarda siyosiy hokimiyatni egallaydilar. Germaniya va Italiya
fashistlari harbiy siyosiy ittifoq tuzib, boshqa mamlakatlar ning ichki
ishlariga aralasha boshladilar. Shu tariqa G‘arbda, Sharqda, O‘rta
Yer dengizida xavfli urush o‘choqlari vujudga keladi.
Fashistlar bloki mamlakatlarining hukmron doira lari o‘zlarini
«nasibasiz» qoldirilgan deb hisob 
lardilar. Ular Birinchi jahon
urushidagi mag‘lu bi yatdan, uning natijalaridan norozi edilar. Ular
mavjud xalqaro mu no sabatlarni o‘zgartirish, dunyoni qurolli kuch
bilan qaytadan bo‘lish maqsadida urushga tayyorlandilar.
Ularga Angliya, Fransiya va AQSHdan iborat ik kinchi guruh
qarama-qarshi turardi. Birinchi jahon urushida yutib chiqqan bu
mamlakatlar egallagan yerlarni saqlab qolishga, hukmron mavqeyi-
ni mustah 
kamlashga va o‘z raqobatchilarini yangidan zaif 
lash -
tirishga intilardilar.
Ikkinchi jahon urushining 1-davrida — 1939-yil 1-sentabrdan
1941-yil 22-iyungacha bo‘lgan davrda fashistlar Germaniyasi
G‘arbiy va Markaziy Yevropada hukmronlikni qo‘lga kiritdi.
Germaniya va Italiya Yevropadagi 10 davlatni — Polsha,
Chexoslovakiya, Yugo 
slaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg,
Da niya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi. Millatlar ligasi
harakatdan to‘xtadi.
Germaniya G‘arbiy Yevropaning harbiy, iqtisodiy resurslarini
qo‘lga kiritgach, 1941-yil 22-iyun kuni hujum qilmaslik to‘g‘risida-
gi shartnomani buzib, urush e’lon qilmasdan SSSRga xoinona
hujum boshladi. Fashistlarning maqsadi SSSRni bosib olish,
boyligini talash, millionlab kishilarni qirish va qolganlarini qul qi -
lish edi. Germaniyaning SSSRga qarshi olib borgan urushi xarak-
ter jihatidan bosqinchilik, adolatsiz urush edi. Germaniya bilan
birgalikda uning ittifoqchilari — Italiya, Finlyandiya, Vengriya,
Ruminiya, Bol gariya ham SSSRga qarshi urushga kirdilar.
Sovet hukumati 22-iyun kuni urushning boshlanishi muno 
-
sabati bilan mamlakat xalqiga murojaatnoma ishlab chiqdi va u
o‘sha kuni radio orqali e’lon qilindi. Bu murojaatnoma xalqni
g‘alabaga erishish uchun mustahkam jipslashishga, uyushqoqlik va
fidokorlik ko‘rsatishga chaqirdi. «Bizning ishimiz haq ish!
Dushman tor-mor keltirilajak! Biz g‘alaba qi 
lamiz!» deyilgan edi
murojaatnomada.
SSSR tarkibiga kirgan barcha respub-
likalar, muxtor vilo yatlar, okruglar, shu
jum ladan, O‘zbekiston xalqlari ham

O‘zbekistonning urush


girdobiga tortilishi



118
urush girdobiga tortildi. O‘zbekiston xalqlarining boshiga og‘ir
sinovlar tushdi.
Urushning boshlanganligi to‘g‘risidagi shum xabar yetib kelgan
kuniyoq O‘zbekistonning barcha shaharlari va tumanlarida, kor 
-
xona va muassasalarida mi 
tinglar va yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi.
Ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, ziyolilar, talaba yoshlar o‘z
Vatanlarini himoya qilishga, yuzma-yuz janglarda bosqinchilarni
tor-mor etish uchun urushga borishga, g‘alabani ta’min lash uchun
front orqasida fidokorona mehnat qilishga tayyor ekanliklarini
bildirdilar.
Vaziyat butun mamlakat hayotini urush davri ta 
lablariga
moslab qayta qurishni, butun kuch va vositalarni safarbar etishni
talab qilardi. 23-iyun kuni VKP (b) MQ Siyosiy byurosi partiya
va sovet organlarini urush sharoitiga moslab qayta qurish
to‘g‘risida qaror qabul qildi. Partiya va sovet hukumatining har-
biy holat to‘g‘risida, harbiy xizmatga majbur bo‘lgan kishilarni
qizil armiyaga safarbar etish to‘g‘risida, qurol-aslaha ishlab
chiqarish bo‘yicha safarbarlik rejasini joriy etish to‘g‘risida qaror-
lari e’lon qilindi.
SSSR Xalq Komissarlari Soveti va VKP(b) MQ 1941-yil 29-
iyunda mamlakat hayotini urush talabla 
riga moslab qayta qurish
dasturi — Front yoni viloyatlarining partiya va sovet tashkilotlari-
ga yo‘1-yo‘riqla 
rini tasdiqladi va tegishli tashkilotlarga yubordi.
Yo‘1-yo‘riqlarda jangchilardan har bir qarich yer uchun qattiq jang
qilishni, mardlik va jasorat ko‘rsatishni, partiya va sovet tashkilot-
laridan harakatdagi armiyaga har tomonlama yordam berishni
uyushtirish, qurol-yarog‘, o‘q-dori, tanklar va samolyotlar ishlab
chiqarishni butun choralar bilan ko‘paytirish talab qilingan edi.
Front orqasini mustahkamlash, korxo 
nalarning yanada kuchliroq
ishlashlarini ta’minlash vazifalari qo‘yildi. «Hamma narsa front
uchun! Ham 
ma narsa g‘alaba uchun!» — yo‘1-yo‘riqning asosiy
talabi, ko‘rsatmasi ana shunday edi.
Mamlakatda hokimiyat, iqtisodiyot, siyosiy va harbiy hayotga
rahbarlik qilish 1941-yil 30-iyunda Stalin boshchiligida tuzilgan
Davlat Mudofaa Qo‘mitasi (DMQ) qo‘lida to‘la ravishda to‘plan-
di. Uning qarorlari, ko‘rsatmalarini bajarish hamma tashkilotlar
uchun majburiy edi. Harbiy harakatlarni boshqaruvchi Oliy Bosh
Qo‘mondonlik qarorgohi tuzildi va Stalin SSSR Qurolli kuchlari -
ning Oliy Bosh qo‘mondoni va SSSR Mudofaa xalq komissari qilib
tayinlandi. Sovet rahbariyati tomonidan ko‘rilgan bu tadbirlarning

119
ijrosi hayotning barcha sohalarini harbiy izga tushirdi, mamlakatni
yagona harbiy lagerga aylantirdi.
O‘zbekistonliklar frontga ot 
 landilar.
Urushning birin 
chi oyidayoq harbiy
komissarliklarga 32 mingdan ko‘p ishchilar, xizmatchilar, kol 
-
xozchilar, yoshlar o‘zlarini frontga jo‘natishni so‘rab ariza berdilar.
Barcha viloyat, shahar va tuman harbiy komissarlari harbiy xizmat
majburiyatida bo‘lganlarni safarbar etish bilan shug‘ullandilar.
Urushning dastlabki oyidayoq yuz minglab vatandoshlarimiz qo‘lga
qurol olib frontga jo‘nab ketdilar.
O‘rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilar va zobitlar
tayyorlaydigan o‘choqqa aylantirildi. Bu okrug 1941-yil iyunidan
1942-yil oxirigacha bo‘lgan muddatda harbiy safarbarlik asosida
109 ta harbiy qo‘shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh
Qo‘mondonlik qarorgohi zaxirasiga 86 diviziya va brigada jo‘natdi.
O‘zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlar milliy harbiy
qo‘shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. 1941-yil 13-noyabr-
dan 1942-yil martigacha bo‘l 
gan davrda 14 ta milliy harbiy
qo‘shilmalar, jumladan, 9 ta o‘qchi brigada, 5 ta otliq askarlar
diviziyasi tuzilib frontga jo‘natildi. Milliy qo‘shilma askarlari va
zobitla riga yaxshi harbiy ta’lim berishda, ular bilan frontni mus 
-
tahkamlashda O‘zbekistonda tuzilgan zaxiradagi 24-o‘qchi diviziya
katta rol o‘ynadi. Divi ziyaning bosh liqlari va zobitlari tarkibida 178
o‘zbek o‘g‘loni faol xizmat qildi. Bu diviziya urush yillarida 390
ming kishidan ziyod jangovar kuchlar tayyorladi va frontga jo‘natdi.
«1941-yilda O‘zbekiston aholisi jami 6,5 million kishini tashkil
etgan, ularning yarmini bolalar va keksalar tashkil etgan bo‘lsa, yaroqli
odamlarimizning 50—60 foizi, aniqrog‘i 1433230 kishi urushga safarbar
bo‘lgan».
Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.  3. Asar lar. T.:
O‘zbekiston, 1996, 80-bet.
O‘zbek xalqi, keksalar, ota-onalar dahshatli sinov paytida o‘z
farzandlarini frontga jo‘natar ekan, ularga mard va botir askar bo‘l,
qahramonlarcha jang qil, g‘alaba bilan qayt, deb nasihat qilib
qolardilar.
O‘zbekiston partiya va sovet tashkilot-
lari front orqasini mus tahkamlash, xo‘ -
jalikni harbiy izga tushirish, ko‘plab jangovar texnika, qurol-asla-
ha, o‘q-dorilar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shoshilinch

Mehnat safarbarligi


Harbiy safarbarlik



120
tadbirlarni amalga oshirdilar. Bu sohadagi ishlarga VKP(b) MQ va
Davlat Mudofaa Qo‘mitasi topshirig‘iga binoan ishlab chiqilgan va
16-avgustda tasdiqlangan 1941-yil 4-kvartali va 1942-yil uchun
harbiy xo‘jalik ishlar rejasi asos bo‘lib xizmat qildi. Bu rejada
mamlakatning sharqiy mintaqalarida, jumladan, O‘zbekistonda
yangi zavodlar, shaxtalar, konlar qurish hamda qurol-aslaha, o‘q-
dori, ayniqsa ko‘plab tank, samolyot, to‘p va zambaraklar ishlab
chiqarishning keng dasturi belgilab berilgan edi. Dasturda transport
ishini qayta qurish, dushman ishg‘ol qilishi xavfi ostida qolgan joy-
lardagi sanoat korxonalarini, kolxoz va sovxozlarning mol-mulk-
larini, ilmiy muassasalarni sharqqa ko‘chirish va ularni joy-
lashtirish, yangidan ishga tushirish tartiblari ham belgilangan edi.
Bu tadbirlarni amalga oshirishga 1941-yil 25-avgustda tashkil etil-
gan U. Yusupov boshliq maxsus respublika hukumat komissiyasi
rahbarlik qildi. O‘z 
bekistonning iqtisodiy va mehnat resurslari
frontga safarbar etildi. Butun SSSR hududida, jumladan, O‘z 
-
bekistonda yangi mehnat rejimi joriy qilindi, ya’ni ish kuni uzay -
tirildi, dam olish kunlari va mehnat ta’tillari bekor qilindi.
O‘zbekiston sanoatchilari 1941-yil oxirigacha 300 ga yaqin
korxonani jangovar texnika, qurollar, o‘q-dori ishlab chiqarishga
moslashtirib qayta qurdilar. Ularda frontga ketgan erkaklar o‘rnini
keksalar, xotin-qizlar egalladilar.
Urushning dastlabki paytlaridayoq 20 mingga yaqin toshkentlik
xotin-qizlar sanoat korxonalari va qurilishlarda, 1700 ga yaqin respub-
lika xotin-qizlari ko‘mir koni shaxtalarida ishlashga yo‘l oldilar.
Jumladan, 1941-yil iyul oyidan «Tashselmash» zavodida 220 xotin-
qizlar frontga ketgan otalari, akalari va erlarining o‘rniga ishga kirib
fidokorona mehnat qildilar.
Ishlab chiqarishni ishchi va mutaxassislar bilan ta’minlash
choralari ko‘rildi. Respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari,
hunar-texnika bilim yurtlari, fabrika-zavod ta’limi maktablarining
faoliyati urush davri talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo‘nalti -
rildi. Yakka tartibda va brigada tariqasida hunar o‘rgatish ishlari
yo‘lga qo‘yildi.
Respublikamiz qishloqlarining aholisi frontni va front orqasini
oziq-ovqat, sanoatni xomashyo bilan ta’minlash uchun oyoqqa
turdi. Har bir kolxozchi va sovxoz ishchisi ikki-uch ish normasini
bajarish uchun fidokorona mehnat qildi.
Urush bo‘layotgan va dushman yaqinlashib kelayotgan hudud-

121
lardan muhim sanoat korxonalarini, kol xoz, sovxoz va MTSlarning
mulklarini, madaniy boyliklar va o‘quv maskanlarini Sharqqa,
jumladan, O‘zbekistonga zudlik bilan ko‘chirib keltirish, joy-
lashtirish ishlari boshlanib ketdi. Fashistlar tomonidan yondirilgan,
vayron qilingan shaharlar va qishloqlar ning aholisi, otalari urush -
ning dastlabki kunlarida halok bo‘lgan bolalar, million-million
kishilar ulkan yurtimizga oqib kela boshladi. Kishilik tarixida
ko‘lami jihatidan bunday katta voqea birinchi marta sodir bo‘ldi.
O‘zbekistonga 100 ga yaqin sanoat kor 
xonasi, jumladan, 48 ta
mashinasozlik, metall ishlash, kimyo va boshqa harbiy texnika va
mahsulotlar ishlab chi qaruvchi yirik zavodlarning asbob-uskunalari
ko‘chirib keltirildi. O‘zbekiston shaharlarida shoshi linch bo‘ shatib
berilgan yoki yangidan qurilgan binolarga ko‘chirib keltirilgan
asbob-uskunalar zudlik bilan joylashtirildi va montaj qilindi. Ular
ishchi kuchi, xomashyo, instrumentlar bilan ta’minlandi va front
uchun mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbek xalqining insoniylik, olija 
-
noblik, bolajonlik fazilatlari urush yil-
larida mamlakatning g‘arbiy viloyatlari-
dan ko‘chirib keltirilgan aholiga, bolalarga ko‘rsatgan ochiq 
-
ko‘ngilligi, hamdardligi va g‘amxo‘rligida o‘z ifodasini topdi.

O‘zbeklarning insoniy-


lik fazilatlari


Namangan tumani qishloq jamoa xo‘jaligi raisi Kiyev shahridan ko‘chirib
kelingan bolalar uyi tarbiyalanuvchilari davrasida. 1943-yil.

122
O‘zbek xalqi urushning dastlabki yillarida Rossiya, Ukraina,
Belorussiya,  Moldaviya,  Boltiqbo‘yi respublikalaridan ko‘chirib
keltirilgan bir milliondan ko‘proq kishilarni, shu jumladan, 200
mingdan ko‘proq yetim bolalarni o‘z bag‘riga oldi. Ko‘chirib
keltirilgan aholini qabul qilib olish, joylashtirish va ularga zarur
shart-sharoitlar yaratish masalalarini mehnat jamoalarining
yig‘ilishlarida muhokama qilish va amaliy yordam ko‘rsatish ish-
lari keng quloch yozdi. 1941-yil 3-dekabrda O‘zbekiston
Kompartiyasi MQning ko‘chirib kelti 
rilgan fuqarolarni qabul qi 
-
lish va joylashtirish yuzasidan maxsus qarori chiqdi. Xalq
Komissarlari Soveti huzurida 1941-yil 10-iyulda tuzilgan maxsus
respublika komissiyasi va mahalliy sovetlarning ijroiya qo‘mitalari
qoshida tuzilgan alohida bo‘limlar kishilarni hisobga olish va joy-
lashtirish bilan shug‘ullandilar. Ko‘chirib keltirilganlar shahar va
qishloq tumanlariga joylashtirildi. Qisqa muddat ichida Andijon
viloyatiga 100 ming, Samarqand viloyatiga 165 ming, Namangan
viloyatiga 53600 kishi joylashtirildi. Ko‘chib kelganlar O‘zbe 
-
kistonda boshpana topdilar, ish bilan ta’minlandilar. O‘zbek
xalqi o‘z noni, kiyim-kechagi, turar joyini ko‘chib kelganlar
bilan baham ko‘rdi.
O‘zbekiston bo‘yicha 1942-yil bahorigacha ko‘chirib keltirilgan
716 ming kishi qabul qilib olindi, ishga joylashtirildi, ular uchun ke rakli
sharoitlar tug‘dirildi.
O‘zbeklar ko‘chirib keltirilgan ota-onasiz yosh bolalarga alohida
g‘amxo‘rlik qildilar, 200000 dan ko‘proq yetim bolalarni o‘z bag‘riga
oldilar.
O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti qoshida bolalarga
yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi, uning ishida
30 ta xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatdi. O‘zbekiston Xalq maorifi
komissarligi tashabbusi bilan bolalarni qabul qilish-taqsimlash
markazi tuzildi. Respublikamizning barcha vilo 
yat lari, shahar va
tumanlarida bolalarni qabul qilish punktlari ochildi, ularda o‘qituv -
chilar kecha-yu kunduz navbatchilik qildilar. Militsiya bo‘limlari
qoshida 30 dan ortiq bolalar xonalari tashkil etildi.
Ko‘chirib keltirilgan bolalar turlicha yoshda edilar. 15 yosh-
gacha bo‘lgan bolalar bolalar uylari, maktab-internatlarga joy-
lashtirilib, ularda o‘quv-tarbiya ishlari yo‘lga qo‘yildi. Fabrika-
zavod ta’limi maktablari, hunar va temiryo‘l bilim yurtlarining
sobiq talabalari o‘qishni davom ettirishi uchun respublika zavod-

123
fabrika ta’limi maktablarida o‘qishga jalb etildi. 15 yoshdan katta
bo‘lgan bolalar esa ishlab chiqarishga, ishga joylashtirildi.
1942-yil 2-yanvarda Toshkent shahrida xotin-qizlarning
yig‘ilishi bo‘lib, unda respublikamizdagi barcha ayollarga qarata
murojaat qabul qilindi. Murojaatda yetim bolalarni o‘z tarbiyasi-
ga olishga da’vat etiladi. Ko‘plab oilalar boqimsiz qolgan
bolalarni o‘zlariga farzandlikka oldilar, topgan-tutganlarini ular
bilan baham ko‘rdilar. O‘zbekiston rahbarlaridan Usmon Yusu 
-
pov va Yo‘ldosh Oxunboboyevlar oilasi ham yetim bolalarni o‘z
tarbiyasiga oldilar.
Jami 200000 dan ortiq yetim bolalar o‘zbekistonliklar oilasida issiq
boshpana, rizq-ro‘z, eng muhimi, mehribonlik topdilar. Turli millat-
larga mansub bo‘lgan 14 bolani farzandlikka olgan toshkentlik temirchi
usta Shoahmad Sho 
mahmudov va uning xotini Bahri Akramovalar
oilasi yuksak insoniylik fazilatlarini ko‘rsatib ko‘pchilikka ibrat bo‘ldi.
Urushdan nogiron bo‘lib qaytib kelgan katta 
qo‘rg‘onlik Hamid
Samatovlar oilasi 13 bolani, samarqandlik kolxozchi ayol Fotima
Qosimovalar oilasi 10 bolani o‘z quchog‘iga olib, mehr qo‘ri bilan
ularning qalbini isitdi, dilini yoritdi.
O‘nlab bolalarni farzandlikka olib, tarbiyalab voyaga yetkazgan
oilalar respublikamizda anchagina. Ularning buyuk insonparvarlik,
vatanparvarlik jasorati tahsinga sazovor.
«O‘sha og‘ir yillarda, bir burda non tansiq bo‘lgan yillarda, O‘zbe -
kiston urush tufayli uy-joysiz qolgan minglab oilalarga boshpana berdi,
non berdi, qanchadan qancha yetim-yesirlarning boshini siladi.
Xalqimizning insonparvarlik va oliyjanoblik fazilatlari tillarda doston
bo‘ldi».
Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. Asarlar. T.:
O‘zbekiston, 1996, 80—81-betlar.
O‘zbekistonga janglarda ya 
ra   dor
bo‘lgan yoki bemor bo‘lib qolgan
minglab  jang 
chilar — askar va zobitlar
ham jo‘natilardi. Ularni qabul qilib olish, gospitalga joylashtirish,
salomatligini tiklash ishlariga alohida mehribonlik qilindi, respub-
likamiz sog‘lomlashtirish markazlaridan biriga aylandi. 1941-yil 1-
oktabrgacha O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xalq komissarligi tizimi-
da 14950 o‘ringa ega bo‘lgan 47 gospital barpo etildi va zarur usku-

O‘zbekiston jangchi-


larni sog‘lomlashtirish


markazi



124
nalar bilan jihozlandi. Ayni paytda Moskvadan, Kalinin, Rostov va
boshqa viloyatlardan 15900 o‘rin-karavotga ega bo‘lgan 48 gospital
ko‘chirib keltirilib, joylashti rildi va ishga tushirildi. Harbiy kasal -
xonalar qurish keyingi yillarda ham davom etdi.
O‘zbekistonda 39140 o‘ringa ega bo‘lgan 113 ta gospitalda yarador
va bemor jangchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatildi.
Viloyat, shahar, tuman idora organlari gospitalda gilar holidan
xabar olib turdilar, gospitallarga xo‘jaliklar tashkil etish va ish yuri-
tish uchun yer maydonlari ajratib berdilar. Agar 1941-yilda shu
maqsadda 385,5 gektar yer ajratilgan bo‘lsa, 1943-yilga kelib
ajratilgan yerlar maydoni 656 gektarni tashkil etardi. 1942-yilda
1513 mehnat jamoalari, shu jumladan, 750 korxona, kolxoz va
sovxozlar gospitallarni otaliqqa olib, ularni yoqilg‘i, oziq-ovqat va
boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlab turdilar.
Jumladan, 1943-yilda Buxoro viloyatidagi gospitallar uchun zarur
bo‘lgan yoqilg‘ining 80 foizini otaliq korxonalar yetkazib berdi.
O‘zbekistonlik 18482 nafar donorlar yaradorlarni oyoqqa turg‘izish
uchun qon berib turdilar.
Urush yillarida O‘zbekistondagi gospitallarga 164382 yarador va
bemorlar joylashtirildi, ularning 87 foizi, 143101 kishi davolanib
chiqdilar.
14 bolani o‘z tarbiyasiga olgan toshkentlik temirchi Sh.Shomahmudovlar
oilasi. 1942-yil.

125
Forish tumani kolxozchilari nomidan frontga yuborilgan oziq-ovqat ortilgan
tuyalar karvoni. 1943-yil.
O‘zbekistonliklar sog‘ayganlarga chiroyli xaltachalar tikib berar
va sovg‘a-salomlar bilan frontga kuzatar yoki korxonalarda ish-
lashga joylashtirardilar. Nogiron bo‘lib qolganlarga zarur yordam
ko‘rsatildi, holiga yarasha ish bilan ta’minlash choralari ko‘rildi.
O‘zbekistonliklar orasida mu 
dofaa
fon  dini tashkil etish, front uchun issiq
kiyimlar to‘plash harakati keng yoyildi. Ishchilar, kolxozchilar va
ziyolilar shaxsiy jam g‘armalarini, qimmatbaho buyumlarini mudo-
faa fondlariga topshirdilar. Faqat 1941-yilning ikkinchi yarmida
O‘zbekiston kolxoz va sovxozlari front uchun 59 ming ot va ularga
kerakli yem-xashak to‘plab berdilar. Mashhur o‘zbek raqqosasi
Tamaraxonim mudofaa fondiga 50 ming so‘m topshirdi.
Mudofaa fondiga 650 million so‘m pul, 22 million so‘mlik qim-
matbaho buyumlar, 55 kilogrammga yaqin oltin, kumush va boshqa
qimmatbaho metallar to‘plandi.
Bu jamg‘arma hisobiga respublikamizda tank kolonnalari, avi-
atsiya eskadrilyalari, bronepoyezdlar qurilib frontga jo‘natildi.
O‘zbekistonliklar jangchilarga eshelonlab issiq kiyimlar, mevalar
jo‘natib turdilar. Davlat harbiy zayomlariga yozilish yo‘li bilan

Mudofaa fondi



126
anchagina mablag‘ to‘plandi. Aholidan issiq kiyimlar tayyorlash
uchun jun, qo‘y terilari yig‘ib olindi.
Aholiga davlat zayomi, pul-buyum lotoreyasi sotish hisobiga 4,2
milliard so‘m mablag‘ yig‘ilib g‘alaba manfaatlari yo‘lida foydalanildi.
Xullas, urushning dastlabki yiliyoq O‘zbe 
kis ton ning butun
moddiy va ma’naviy kuchlari g‘alaba uchun safarbar etildi, hayot
harbiy izga tushirildi, xalq Vatan himoyasiga otlandi.

Savollar va topshiriqlar


1. Urushni qanday sabablar keltirib chiqardi?
2. Nima uchun O‘zbekiston urush girdobiga tortildi?
3. O‘zbekistonda o‘tkazilgan harbiy safarbarlik to‘g‘risida nimalarni
bilasiz?
4. Urush boshlangan paytda O‘zbekiston aholisi qancha edi, qancha
kishi urushga safarbar etildi?
5. Korxonalar, xo‘jaliklar hayotida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
6. Mehnat safarbarligi nima?
7. O‘zbekistonga mamlakat g‘arbidan   nima   uchun va qanday kor -
xonalar ko‘chirib keltirilgan?
8. O‘zbekiston xalqi mamlakat g‘arbidan ko‘chirib keltirilgan aholiga
qanday munosabatda bo‘ldi?
9. Ko‘plab  yetim  bolalarni farzandlikka  olgan  o‘zbek oilalari haqi-
da referat yozing.
10. O‘zbekiston jangda yarador bo‘lganlarni sog‘lomlashtirish ishiga
qanday hissa qo‘shdi?
11. O‘zbekistonliklar  nima   maqsadda   mudofaa  fondi tuzdilar, bu
fondga nimalarni topshirdilar?

12-§. O‘ZBEKISTON SANOATI VA QISHLOQ 


XO‘JALIGI FRONT XIZMATIDA


Urush respublika sanoat tar moqlarining
yo‘nalishini ham, sanoat xodimlarining
ishini ham tubdan o‘zgartirdi. Korxonalarda yangi mehnat rejimi
joriy qilindi, ish kuni uzaytirildi, ishdan keyin qolib ishlash joriy
etildi, mehnat ta’tillari, dam olish kunlari bekor qilindi.
Sanoat korxonalari qisqa vaqt ichida harbiy izga solinib, mino-
myot va avtomatlar, samolyot va tanklar uchun ehtiyot qismlari va

Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


iii-international-63.html

iii-international-68.html

iii-international-72.html

iii-international-77.html

iii-international-81.html