1 2 3 4 5 6

III-bob. Tijorat banklarining moliyaviy ahvolini mustahkamlashdagi muammolarni hal etishning ustivor yo’nalishlari

bet6/6
Sana20.01.2017
Hajmi368.16 Kb.

III-bob. Tijorat banklarining moliyaviy ahvolini mustahkamlashdagi muammolarni hal etishning ustivor yo’nalishlari


Malumki banklar tomonidan jalb etilgan mablag’lar amalga oshiriladigan aktiv operatsiyalar, ya’ni kredit operatsiyalarining asosini tashkil etadi. Banklar aholi va yuridik shaxslarning vaqtincha bo’sh mablag’larini jalb etib iqtisodiyotning aylanma mablag’lariga bo’lgan talabini qondiradi, pulning sarmoyaga aylanishiga sharoit yaratadi aholi va tadbirkorlik su’bektlarga kreditga bo’lgan ehtiyojini ta’minlaydi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari tijorat banklarining deposit siyosatini zamon talablariga mos ravishda tashkil etishga chorlamoqda. Banklar o’rtasida jismoniy va yuridik shaxslar mablag’larini jalb etish boyicha sog’lom raqobatning kuchayishi jamg’armalar turini ko’paytirish, ularga to’lanadigan foiz stavkalari va xizmat ko’rsatish uslublarini yangicha yondashuvlarda tashkil etishga olib keldi. Bugungi kunda banklar tomonidan taklif etilayotgan 400 dan ortiq omonat turining har biri o’ziga xos xususiyatga ega. Mijozlarga bo’sh mablag’larni jamg’arish, ular hisobidan turli Tovar va xizmatlarga to’lovlarni amalga oshirishlari uchun keng imkoniyat yaratilgan.

Mijozlarga bank xizmatlarini ko’rsatish imkoniyatlarini yanada oshirish va qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklari bo’limlari tarmog’ini kengaytirish ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda. 2011 yilning 1-yanvar holatiga ko’ra, tijorat banklarining joylardagi mini bank va maxsus kassalarining umumiy soni har 1000 nafar katta yoshli aholiga 1012 tani tashkil etdi.

Shu o’rinda ta’kidlash joizki. So’ngi yillarda tijorat banklari tarkibiy tuzulishida sezilarli o’zgarishlar roy berdi. Aholiga qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklarining shoxobchalari masalan, mini-bank hamda omonat operatsiyalarini amalga oshiradigan turg’un va sayyor kassalari faoliyat yurita boshladi.

Natijada banklar tomonidan jalb qilingan depozitlar hajmi 2010 yilda avvalgi yilga nisbatan 52% oshdi yoki 13.2 trln so’mni tashkil etdi. Aholining kredit tashkilotlaridagi depozitlar hajmi 1,5 barobar o’sib, 4,4 trln so’mga yetdi.

Markaziy bankning pul kredit siyosati 2010 yil uchun mo’ljallangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning bajarilishiga, shuningdek 2009-2012 yillarga bajarilgan inqirozga qarshi chora tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning so’zsiz bajarilishini ta’minlashga qaratiladi. 2010 yilda mamlakatimiz bank tizimi likvidligini yanada mustahkamlash, uning barqarorligini uchaytirish borasida katta ishlar amalga oshiriladi.

Natijada, tijorat banklarining jami kapitali 2009 yilga nisbatan 1.4 baravar oshib 2011 yilning 1-yanvar holatiga ko’ra 4,1 trln so’mni tashkil etildi.
(1-diagramma)

1-diagramma

Banklarning jami kapital (mlrd.so’m)

Banklarning kapitallashuvini oshirish boyicha olib borilgan ishlar respublika bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi ko’rsatkichini umumiy qabul qilingan xalqaro standartlarga nisbatan 3 barobar yuqori bo’lishi ta’minlanadi.

Banklari 2009 yilga nisbatan 32,1 % o’sib 20,7 trln so’mdan oshdi
(2-diagramma).

2-diagramma

Bank aktivlari (mlrd.so’m)

2010 yil avgustida “Moody’s” xalqaro reyting agentligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlanish istiqbollarini “barqaror” deb baholangan hamda mamlakatimizning 15 ta tijorat banki faoliyati “Fitch rating’s”, “Moody’s” va “Standart & Poor’s” kabi yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarining “barqaror” degan yuqori reyting bahosini olganliklari ham tasdiqlab turadi.

Banklarning kredit va investitsion faolioyatida ham ijobiy o’zgarishlar amlga oshiriladi. Hisobot yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 35 %ga ko’payib, bugungi kunda ularning miqdori 11,5 trln so’mdan oshib ketdi (3-diagramma).

3-diagramma

Iqtisodiyotning real sektorlariga yo’naltirilgan kreditlar miqdori (mlrd.som)

Banklarning umumiy kredit portfelida uzoq muddatli, ya’ni 3 tildan ortiq muddatga beilgan investitsiya kreditlarining ulushi 2000 yilning oxirida 75,2%ga o’sdi.

O’tgan davr davomida davomida tijorat banklari tomonidan ushbu korxonalarga kiritilgan 156 mlrd so’mlik investitsiyalar hisobiga jami 460 mlrd so’mlik mahsulot ishlab chiqariladi, shundan 165 mln AQSH dollarlik mahsulot eksport qilindi hamda 21 mingdan ortiq ishchi o’rinlari yaratildi.

O’tgan tili banklar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab quvvatlashga alohida e’tibor berildi. Mazkur sohaga ajratilgan kreditlar shakillantirishning mezonlari va baholash tizimini aniqlash va amalga oshirishga doir chora tadbirlar dasturi to’g’risidagi PQ 1464-sonli qarorlari, shuningdek 2009-2012 yillarga mo’jjallangan inqirozga qarshi choralar dasturi belgilangan vazefalarning so’zsiz bajarilishini ta’minlashga qaratilgan.

2011 yilning 1-choragida mamlakatimiz bank tizimining likvidligining yanada mustahkamlash uning barqarorligini kuchaytirish maqsadida katta ishlar amalga oshirildi .

Buning natijasida tijorat banklarining jami kapitali 2010 yilning shu davriga nisbatan 1,4 barobarga oshob 2011 yil 1-april holatiga ko’ra, 4-trln 528-mlrd so’mdan oshib ketdi (4-diagramma).

4-diagramma

Banklarning jami kapital (mlrd.som)

Banklar5 kapitallashuvi darajasini yanada oshirish borasida amalga oshirilgan chora tadbirlar natijasida ularning xalqoro qabul qilingan standartlarga nisbatan ancha yuqori bo’lishi taminlandi.

Bank aktivlari 2010 yilning shu davriga nisbatan 33,5% o’sib, 22 trln.
925-mlrd . so’mdan oshib ketdi. (5-diagramma )

5-diagramma

Banklarning jami capital (mlrd.som)

Yuqori xalqoro reyting ko’rsatgichlariga har tomondan mamlakatimiz bank tizimi aktivlarining 90% dan ortig’ini tashkil qiladigan 15 ta tijorat banki “Fitch ratings”, “Mooddiys va “Sitandart poors kabi yetakchi xalqoro reyting angentliklarining “barqaror reyting

darajasiga erishadilar.

Banklarning kredit va investitsion faoliyatida ham ijobiy o’zgarishlar amalga oshirildi.

2011 yilning birinchi choragida iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 36 %ga ko’payib bugungi kunda ularning miqdori
12 trln.986mlrd. so’mga yetdi (6-diagramma).

6-diagramma

Iqtisodiyotning real sektorlariga yo’naltirilgan kreditlar miqdori (mlrd.som)

Banklarning investitsiya maqsadlarga ajratilgan investitsion kreditlari miqdori ham o’tgan yilning shu davriga nisbatan 37 % ga oshib, joriy yil 1-aprel holatiga ko’ra ularning miqdori 1 trln. 11 mlrd.so’mdan oshib ketdi.

2011 yilning 1-choragida iqtisodi nochor korhonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish va boshqarish mehanizmlarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tehnik va tehnologik yangilash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida tijorat banklari balansiga qabul qilingan iqtisodiy nochor korhonalarning 141 tasida ishlab chiqarish faoliyati to’liq qayta tiklandi. Ishlab chiqarish faoliyati tiklangan korhonalardan 73 tasi 750.1 mlrd so’mga strategic investorlarga sotildi.

Mazkur korhonalarda 21 mingdan ortiq yangi ishchi o’rinlar yaratilib, ular tomonidan 2011 yilning 1-choragida davomida 115.4 mlrd so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi.Shundan 32mln dollardan ortiq miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi.

“Kichik biznes va xususiy tadbirkorli yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan keng ko’lami chora tadbirlar natijasida kichik biznes subektlariga ajratilgan kreditlar hajmi o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1.4 baravar oshib, joriy yil 1 aprel holatiga ko’ra, 866 mlrd so’mni tashkil etdi.(7-diagramma)

7-diagramma

Tijorat banklari tomonidan ajratilgan investitsion kreditlar (mlrd.som)

Jumladan mikrokreditlar hajmi 159.8 mlrd so’mni tashkil qilib, bu ko’rsatgich ham 2010 yilning 1 choragiga nisbatan 1.4 barobar ko’paydi.

Horijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobiga kichik biznes subektlariga kreditlar ajratishni yanada kengaytirish borasidagi chora-tadbirlar doirasida tijorat banklari tomonidan 2011 yilning 1 choragi davomida xalqaro moliya institutlarining 25.3 mln AQSH dollari miqdiridagi kredit liniyalari o’zlashtirildi. Mazkur kreditlar hisobiga hidudlarda 46 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi.

Tijorat banklarining kapitallashuvi darajasini yanada oshirish, ushbu sohaga hususiy kapitalni keng jalb qilish, resurs bazasini ko’paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida banklarning ja’mi depozitlari miqdori yil sayin ortib bormoqda.Xususan, ushbu ko’rsatgich o’tgan yilning shu davriga nisbatan


52.4% ga oshib, bugungi kunda ularning miqdori 15 trln. 213 mlrd so’mdan oshdi
(8-diagramma)

8-diagramma

Jami dipozitllar qoldig’i (mlrd.som)


Aholining bo’sh mablag’larini kredit tashkilotlarning depozitlariga jalb qilishni rag’batlantirish choralari ko’rilayotganligi, qulay omonat turlari taklif etilayotganligi, ularning banklardagi jamg’armalari qonun bilan kafolatlanganligi va o’z vaqtida qaytarilayotgani omonatlar miqdorining 2010 yil shu davriga nisbatan 52.7 % ga oshib, hzirgi kunda 5 trln.237 mlrd. so’mga yetishiga puhta zamin yaratdi. Bu esa fuqarolarimizning bank tizimiga bo’lgan yuksak ishonchidan dalolat beradi.(9-diagramma)

9-diagramma

Aholi daromadlari oldig’i (mlrd.som)

Respublikamizda naqd pulsiz hisob kitoblar tizimini yanada rivojlantirish borasida ko’rilayotgan chora-tadbirlar natijasida muomalaga chiqarilgan plastic kartochkalar soni 7.9 mln. donadan oshib ketdi.Savdo va xizmat ko’rsatish shahobchalariga o’rnatilgan hisob-kitob terminallari soni esa 86 ming 100 taga yetdi(10-diagramma).

10-diagramma

Tijorat banklari tomonidan o’rnatilgan terminallari (dona)

Hususan, tijorat banklari rahbarlari zimmalariga mamlakatimiz Prezidenti tomonidan Vazirlar Mahkamasining shu yil 21 yanvarda o’tkazilgan majlisida 2011 yil uchun belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalgam oshirilishini ta’minlash, bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish, ularning investitsion faoliyatini kuchaytirishga doir farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning so’zsiz bajarilishini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish, aholi va chet ellik investorlarning bank tizimiga bo’lgan ishonchini oshirish.

Tijorat banklariga “Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturida belgilangan barcha tdbirlarni izchil bajarilishini ta’minlash, banklarning barcha bo’lim va filiallarida biznesni rivojlantirish uchun yanada qulay ishchan muhitni yaratish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik subektlariga kreditlar ajratish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish mehanizmlarini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, boshlang’ich kapitalni shakllantirish, mikrokreditlar ko’lamini kengaytirish borasidagi ishlarni faol davom ettirish vazifalari ham yuklatildi.Shuningdek ularning e’tibori kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni har taraflama qo’llab quvvatlash bilan bog’liq ishlarning samaradorligi uchun shahsan javobgar ekanligiga qaratildi.

Xulosa va takliflar

O’zbekiston iqtisodiyotiga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ta’sirini kamaytirish maqsadida Respublika hukumati tomonidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib ular bosqichma-bosqich amalgam oshirilmoqda.

Mamlakatimiz Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yonalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida iqtisodiyotning boashqa sohalari qatori Respublikamiz bank-moliya tizimida ham jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning ta’sirini e’tiborga olgan holda barqarorlikni ta’minlash muhim ustuvor vazifa bo’lib qoralayotganini alohida qayd etib o’tilgan. Bu yo’lda bugun banklarning kapitallashuvi va investitsiyaviy faolligini ynada oshirish iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarning ustuvor yo’nalishlarini qayta tiklash va kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tehnik va tehnologik yangilash qaratilgan kreditlash hajmini oshirish muhim ahamiyat ksb etmoqda. Mmamlakatimiz Prezidenti tomonidan Respublika bank moliya tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning barqarorligini yanada oshirish, banklar va butun bank-moliya tizimini faoliayatini baholash tizimlarini va yondashuvlarini tubdan o’zgartirish, bank faoliyatini tashkil etishning xalqaro andozalariga meyorlariga va baholash ko’rsatgichlariga mos ravishda yanada yuqori darajaga ko’tarilishini ta’minlash maqsadida 2010 yil 26 noyabrda “2011-2015 yillarda” Respublika bank-moliya tizimini yanada isloh qilish va uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatgichlariga erishishining ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi PQ-1438 sonli qarori qabul qilindi.Unda respublika bank-moliya tizimi oldida respublikada bank nazorati tizimi belgilab berilgan.

Tijorat banklarining kapitalini oshirish va barqarorligini ta’minlash borasida davlat tomonidan qator choralar ko’rilmoqda .Yirik tijorat banklari -“Qishloq qurilish bank”, “O’zsanoatqurilish bank”, “Xalq bank” va boshqa qator banklarning ustav kapitali oshirilib undagi davlar ulushi ko’paytirildi.Banklarning daromadlari manbalariga ko’ra foizli va foizsiz daromadlarga ajratiladi.Foizli daromadlar bank yalpi daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham iqtisodiy tahlilda foizli daromadlarning yalpi daromadlar hajmidagi salmog’ining barqarorligi ko’rsatgichi alohida hisoblanib tahlil qilinadi.

Xalqaro bank amaliyotida, xususan yevrohudud mamlakatlarining amaliyotida tijorat banklarining kreditlardan olingan foizli daromadlarining yalpi daromaflar hajmidagi salmog’i 60 % dan oshadi. Bu esa tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi ta;minlanganligidan dalolat beradi. Chunki kreditlar berish tijorat banklari faoliyatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi.ahon tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlarining tavsiyasiga ko’ra, tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida kreditlar kamida 60% ni tashkil qilinishi, kreditlardan olingan foizlarning yalpi daromadlar hajmidagi salmog’I kamida 60% ni tashkil qilinishi lozim.

  • tijorat banklari yalpi daromadining hajmida kreditlardan olingan foizlar yuqori slmoqni egallaydi, bu esa ularning kreeditlash amaliyotini takomillashganidan dalolat beradi;

  • 2005-2010 yillarda respublikamiz tijorat banklari kapitali va depozitlarining o’sish tendensiyasiga ega bo’lganligi mazkur davrda ularning kredit operatsiyalari hajmini oshirish uchun zamin yaratdi;

  • kreditlarning, bankning brutto aktivlari hajmidagi salmog’ining yuqori ekanligi foizli daromadlarning umumiy hajmida kreditlardan olingan foizlarning salmog’ining yuqori bo’lishiga sabab bo’lmoqda;

  • OATB “Ozsanoatqurilishbank”da ja’mi aktivlar 2007-2010yillar davomida dinamik ravishda o’sib 961.6mln so’mda 1728.6mln. so’mni tashkil etgan, shunga mos ravishda bank o’z mablag’lari hajmi dinamik ravishda o’sib 2007yildagi 76,3mln.so’mdan 2010yilda 178,8 mln. so’mni tashkil etgan.Ammo korhonaning joriy likvidlik koefitsiyenti 2007yildagi 66,12 foizdan 2010 yilda 51,96 foizga tushgan,bundan ko’rinib turibdiki banklarning moliyaviy ahvoli salbiy tomonga o’zgargan;

  • bank operatsiyalari tahlilidan ma’lumki bankning aktiv operratsiyalari passiv operatsiyalariga nisbatan yuqori foizni tashkil etib 2008 yilda ja’mi operatsiyalarning 51,91foiz, 2009 yilda 51,88 %, 2010 yilda 51,82%tashkil etgan.Bankda Yuqorida bayon etilgan fikrlar va tahlillarga asoslanib shuningdek, o’tkazilgan izlanishlarga tayangan holda quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:

  • vositachilik haqi va ko’rsatilgan hizmatlar juda kichik foizni tashkil etadi,ya’ni ular 2009-2010 yillarda ja;mi operatsiyalarni 0,80%-1,6% ni tashkil etgan. Bu ma’lumotlardan hulosa shuki banklarda nafaqat aktiv va passiv operatsiyalar va boshqa foizsiz operatsiyalarni shakllantirish bozor sharoitida yaxshi samara beradi.Bankning passiv operatsiyalari tarkibida katta salmoq davlat, korhona,tashkilot va myassasalarning talab qilib olguncha saqlanadigan depozitlariga to’g’ri kelib ularni ja’mi passiv operatsiyalarni 67-75 % ni tashkil etadi.Bundan xulosa shuki kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sharoitida YatTni, jismoniy shaxslar omonatini jalb qilish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.”Ozsanoatqurilishbank”ning jismoniy shaxslarni talab qilib olgungacha ikki uch foizni tashkil qiladi.

Xulosa shuki YatT lar va jismoniy shaxslaning depozitlarini bankka ko;plab jalb qilib ularning salmog’ini oshirish kerak. Bu esa bank resurlarini oshirishga, moliyaviy ahvolini mustahkamlashga hizmat qiladi.

Xulosalardan kelib chiqqan holda quyidagi takliflarni bildiramiz:



  • bank likvidlilik darajasini oshirib boorish;

  • bank kredit berish strategiyasini puhta ishlab chiqish;

  • bank nazoratini oshirib borish va moliyaviy faoliyatini tahlil qilib boorish zarur;

  • banklarning moliya bozoridagi mavqeini oshirish va daromadlilik darjasini ko’tarish maqsadida bank xizmatlari turlarini oshirish va ularni mijozlarga yaqinlashtirish .

Foydalanilgan adabiyotlar royhati

.

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.T:O’zbekiston,1992 yil.

  2. ”Banklar va bank faoliyati to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qonuni 25.04.1996yil.

  3. ”Bank siri to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qonuni. 30.08.2003 yil. №530-11

  4. ”Ozbekisron Respublikasining Markaziy Banki to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qonuni 25.12.1995 y.№154-1

  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlar to’g’risida” gi Qarori 2007y. 7 noyabr.№PK-726

  6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqd pul mablag’lrini jalb qilish va unga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori. 2008 yil 27 mart.PK-822.

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini omonatlarini jalb qilish boyicha Respublika tijorat banklari o’rtasida tanlov o’tkazish to’g’risida”gi qarori.2008 yil 31 oktabr.№PK-991.

  8. ”Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ular ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.12.06.2007 y.

  9. “Tijorat banklarining kapitallashtirish darajasini rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 19.12.2006y.

  10. “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmani qisqartirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.15.04.2005.№PK-57.

  11. ”Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori 15.04.2005.№PK-56.

  12. Karimov.I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. I.A.Karimov-T:O’zbekiston 2009.-56 b.

  13. Mamlakatimizda demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.O’zbekiston Respublikasi.Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasiva senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi//Turkiston 2010 yil 13 noyabr.

  14. Barcha reja va dasturimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga hizmat qiladi.Prezident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy riivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respblikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.//Xalq so’zi,2011 yil 22.01.y

  15. I.A.Karimov.Bank tizimi,pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to’g’risida tuzuvchi F.M.Mo’llajonov T:O’zbekiston,2005-528 b.

  16. “Plastik kartochkalar asosida hisob kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish choraq tadbirlari to’g’risida “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentabrdagi 405-son Qarori.

  17. “Qarz oluvchining kredit tarixi to’g’risidagi axborotni xisobga olish tizimini shakillantirish chora tadbirlari to’g’risida 2004 yil 23-aprel 197-xson.

  18. “Pul mablag’larining bankdan tashqari muomilasini yanada qisqartirish chora tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori 05.08.2002 y 280-son

  19. “Naqd pul muomilasini mustahkamlash va tijorat banklarining masuliyatini oshirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori 22.06.2011.y № 264

  20. “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rivojlantirishga doir qo’shimcha chora tadbilar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori 19.05.200y № 195

  21. “Bank tizimini isloh qilishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori 24.03.200y№104.

  22. “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar amalga oshirishga doir talablar to’g’risidagi nizom 2004 yil 16-sentabr .

  23. O’zbekiston Respublikasi banklarida pul muomilasiga doir ishlarni tashkil etish to’g’risidagi yo’riqnoma 2004 yil12-oktabr .

  24. “Abdullayeva. Sh. Z. Bank ishlari va kreditlash .-T:Moliya, 2002.-3046

  25. Taymuhammidov I “Bank ishi” T:TDIU, 2005.

  26. Yillik hisobot 2010.T:”Norma”-2010y.

  27. Bozor pul va kredit. Jurnali 2009-2011.y

  28. Soliq to’lovchining jo’rnali 2005-2010y.

Internet saytlari



  1. www.referat.uz

  2. www.gao.gov

  3. www.mf.uz -Ozbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi sayti.

  4. www.finansy.ru -Finansy jurnalining sayti.

  5. www.Stat.uz

  6. www.uza.uz


1 Karimov I.A. Jahon mo9liyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida va uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –T.: O’zbekiston, 2009, 5-b

2 O’zbekiston respublikasi bank tizimini isloh qilish me’yoriy hujjatlar to’plami T.: 2003


Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


iii-yakuniy---bilim.html

iii-yangi-mavzu-bayoni--.html

iii-zabolevaniya-glotki-i.html

iii-zona-izmenenij.html

iiiblm---mbariz-yusifov-m.html