1 2 3 4 5 6

III-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUG‘URTA - Kafedrasi yuldasheva aziza isamiddinovna

bet4/6
Sana30.03.2018
Hajmi0.59 Mb.

III-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUG‘URTA 

FAOLIYATINING MEYORIY-HUQUQIY ASOSINI DAVLAT 

TOMONIDAN YANADA TAKOMILLASHTIRISH, SHUNINGDEK 

USHBU FAOLIYATNI BOSHQARISHDAGI MUAMMOLAR 

 

3.1. Respublika sug‘urta bozoridagi mavjud muammolar va  ularni 

bartaraf etish istiqbollari 

Hozirgi  vaqtda  sug‘urta  jamiyatimizning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishiga 

bozor  iqtisodiyoti  shakllangan  mamlakatlarda  kuzatiladigan  darajada  sezilarli 

ta’sir  ko‘rsatmayapti.  Bunday  holatning  asosiy  sababi  shundan  iboratki, 

respublikamizda  sug‘urta  faoliyatining  rivojlanishiga  to‘sqinlik  qiluvchi 

omillarning  ta’siri  hamon  kuchli.  SHulardan  eng  muhimlari,  qo‘yidagilardan 

iborat:  

1)  o‘sish  muammolari  –  sug‘urta  xizmatlarining  ma’lum  segmentiga 

bog‘lanib qolish, hayotni sug‘urta qilish va aholining keng qatlamlarini qamrab 

oluvchi  yo‘nalishlarning  rivojlanmaganligi,  menejmentning  past  darajasi, 

raqobat asoslarining rivojlanmaganligi;  

2)  sug‘urta  xizmatlari  iste’molchilarining  muammolari  –  aholi  katta 

guruhlarining  sug‘urta  kompaniyalarining  ishonchliligiga  shubha  bilan  qarashi, 

sug‘urta madaniyatining tegishli darajasi, aholi daromadlari, inflyasion kutishlar 

bilan bog‘liq sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talablarning pastligi va boshqalar.  

Sug‘urta bozori hozirgi holatining tahlili qo‘yidagi ham ijobiy, ham salbiy 

tendensiyalarni  ajratish  imkonini  berdi.  So‘zsiz,  ijobiy  holatlar  jumlasiga 

sug‘urta  xizmatlarining  hajmi  va  sug‘urta  kompaniyalari  kapitallashuvining 

doimiy  ravishda  o‘sishi  kiradi.  Masalan,  tahlil  qilinayotgan  davrning  oxiriga 

kelib  sug‘urta  mukofotlari  hajmining  o‘sishi  taxminan  6,5  martani  tashkil  qildi 

(3.1.1 - jadval ). 

SHu  bilan  birga,  ushbu  davrda  umumiy  sug‘urta  mukofotlari  o‘sish 

sur’atlarining  har  yili  o‘rtacha  25-40  foizga  o‘sishiga  qaramasdan  sug‘urta 

mukofotlarining YAIMdagi ulushi pastligicha qoldi va uning hajmi 0,3 foizdan 



51

 

 

oshmadi.  Bozor  iqtisodiyotiga  ega  mamlakatlarda  sug‘urta  bozorining  55-60 

foizini tashkil qiladigan hayotni sug‘urta qilish ulushi hozirgi davrda juda past.  

3.1.1 - jadval 

Sug‘urta mukofotlarining sug‘urta qoplamalari uchun yo‘naltirish 

ko‘rsatkichlari

32

 

Yillar 

Sug‘urta 

mukofotlari 

(mln.so‘m) 

Sug‘urta 

qoplamalari 

(mln.so‘m) 

Mukofotga 

nisbatan 

qoplama (foiz 

hisobida) 

O‘sish yoki 

kamayish 

(foiz 

hisobida) 

2006 


49 700,0 

6 900,0 


13,9 

+2,6 


2007 

73 600,0 

8 700,0 

11,8 


-2,1 

2008 


88 000,0 

15 500,0 

17,6 

+5,8 


2009 

146 130,0 

20 700,0 

14,2 


-3,4 

2010 


175 500,0 

27 600,0 

15,7 

+1,5 


2011 

231 600,0 

45 100,0 

19,5 


+3,8 

2012 


286 000,0 

46 006,0 

16,1 

-3,4 


2013 

338 480,0 

66 920,0 

19,7 


+3,6 

2014 


439 134,1 

74 632,6 

17 

-2,7 


 

Aholi  jon  boshiga  to‘g‘ri  keladigan  sug‘urta  mukofotlarining  barqaror 

o‘sishi  qayd  etilgan  bo‘lsada  1  743,85  so‘mdan  14  165,6  gacha,  sug‘urta 

mukofotlarining  jismoniy  hajmi  juda  kam  bo‘lib,  uni  mukofotlarning  jahon 

amaliyotida tan olinadigan eng kam miqdori bilan taqqoslab bo‘lmaydi.  

Mustaqil  ekspertlarning  baholashicha,  respublikamizda  hozirgi  vaqtda 

ehtimoliy  sug‘urta  ob’ektlarining  1  foizdan  kami  sug‘urta  qilingan,  iqtisodiy 

rivojlangan  mamlakatlarda  esa  bu  ko‘rsatkich  90-95  foizni  tashkil  qiladi. 

Bundan  tashqari,  sug‘urtalovchilar  taklif  qilayotgan  sug‘urta  xizmatlarining 

doirasi  kam,  buni  esa  xorijiy  sug‘urtalovchilar  taklifi  bilan  solishtirilganda 

etarlicha  rivojlanmagan,  bu  ham  mamlakatimiz  sug‘urta  bozorining 

rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.  

                                                           

32

 Давлат суғурта назорат инспекциясининг йиллик  маълумотлари асосида муаллиф томонидан тузилган. 



52

 

 

Biroq,  hozirgi  vaqtda  O‘zbekiston  sug‘urta  bozorida  sifat  jihatidan  ijobiy 

o‘zgarishlar  ham  ko‘zga  tashlanmoqda.  Ular  asosan  sug‘urta  bozorining 

rivojlanishidagi  bo‘lg‘usi  sifatli  o‘zgarishlarining  asosi  hisoblangan  uning 

institutsional  bazasining  rivojlanishi  bilan  bog‘liq.  Institutsional  o‘zgarishlar: 

sug‘urta  kompaniyalarining  yiriklashuvi,  sug‘urta  faoliyatini  o‘zini-o‘zi 

boshqarish  jarayonining  vujudga  kelishi  (Sug‘urta  bozori  professional 

ishtirokchilari  Uyushmasi),  davlat  nazorati  tizimining  rivojlanishi  kabi 

tendensiyalarni tavsiflaydi.  

Sug‘urta sohasining jadal rivojlanish yo‘liga o‘tishi, avalambor, mintaqaviy 

sug‘urta  tuzilmalarini  rivojlantirish  istiqbollari,  yangi  sug‘urta  shu  jumladan, 

internet  –  sug‘urtaning  rivojlanishi  va  boshqaruv  texnologiyalari  bo‘lgan 

jarayonli  yondashuv,  kompyuter  texnologiyalari  asosida  ishlab  turgan  sug‘urta 

kompaniyalari  faoliyati  samaradorligi,  korporativ  boshqaruv  samaradorligining 

oshishi,  kadrlar  tarkibi  sifatining  yaxshilanishi,  shuningdek  sug‘urta  bozorida 

raqobatning rivojlanishi bilan bog‘liq.  

Sug‘urta  bozorining  barqaror  rivojlanishi  uchun  menejmentning  yangi 

sifati,  kompaniyalarning  iqtisodiyotdagi  o‘zgarishlarga  tezda  moslashishi 

qobiliyatlari  bilan  bog‘liq  o‘zgarishlar  ham  muhim  hisoblanadi.  Bunda 

boshqaruvni  takomillashtirish  jarayoni  kompaniyalar  faoliyati  samaradorligi 

ko‘rsatkichlarining  ishlab  chiqilgan  tizimiga  asoslanishi  kerak,  ularning  eng 

asosiylari  sug‘urta  xizmatlarining  sifati  bilan  bog‘liq  ko‘rsatkichlari  bo‘lishi 

mumkin.  

Sug‘urta  kompaniyalari  o‘z  faoliyati  va  rivojlanishining  turli  sharoitlari 

tufayli  namunaviy  boshqaruv  yondashuvlaridan  foydalana  olmaydi.  Biroq,  u 

yoki bu kompaniyani boshqarishga nisbatan umumiy yondashuv boshqaruvning 

iste’molchilar  ehtiyojlariga,  menejmentga  nisbatan  tizimli  yondashuvga, 

jarayonli  yondashuvdan  imkon  qadar  ko‘proq  foydalanishga,  xodimlarni 

strategik  vazifalarni  hal  etishga  faol  jalb  qilishga  e’tiborni  kuchaytirish  bilan 

bog‘liq menejment falsafasiga asoslanishi kerak.  

53

 

 

Raqobat  sharoitlarini  takomillashtirish  O‘zbekiston  Respublikasining 

Xususiylashtirish,  monopoliyadan  chiqarish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat 

qo‘mitasi,  ijroiya  hokimiyat  organlari,  sug‘urtalovchilar  jamiyatlari  va  Savdo-

sanoat palatasi tomonidan hal etiladigan ko‘p qirrali vazifa hisoblanadi. Sug‘urta 

bozorida  sog‘lom  raqobat  muhitining  shakllanishi  monopoliyaga  qarshi 

qonunchilikni  yanada  takomillashtirilishi  bilan  ham,  davlat  sug‘urta 

kompaniyalarini  xususiylashtirish  jarayonlari  bilan  ham  bog‘liq.  Sug‘urta 

bozorida  faoliyat  yuritishning  teng  huquqli  sharoitlari  sug‘urta  xizmatlari 

sifatining yaxshilanishiga, ular ruyxatining kengayishi va narxining pasayishiga, 

sug‘urta  kompaniyalarining  ichki  va  tashqi  bozorlardagi  raqobatbardoshligini 

oshishiga ko‘mak beradi.  

Sug‘urta huquqi rivojlangan tizimining shakllanishi sug‘urta operatsiyalari 

huquqiy  bazasining  yangi  modelini  tuzishni,  sug‘urta  qildiruvchilar  va 

sug‘urtalovchilar 

huquqlarini 

himoya 


qilishni, 

sug‘urta 

faoliyati 

ishtirokchilarining 

iste’molchilar  manfaatlari  bilan  bog‘liq  faoliyatini 

faollashtirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratishni nazarda tutadi.  

Ochiq  axborot  muhitini  ta’minlash  sug‘urta  hisobotlarining  xalqaro 

standartlarini  milliy  sug‘urta  bozorining  amaliyotiga  uyg‘unlashtirish  chora-

tadbirlari  majmuini  nazarda  tutadi.  Sug‘urta  statistikasining  strategik  prognoz 

qilish  va  anderrayting  faoliyatining  sifatini,  sug‘urta  bozorining  ishtirokchilari 

to‘g‘risidagi  ma’lumotlarning  to‘liqligini  ta’minlovchi  kengaytirilgan  tizimini 

tashkil etish zarur.  

Majburiy  sug‘urta  tizimining  rivojlanishi  uning  yangi  turlarini  paydo 

bo‘lishi  bilan  ham,  sug‘urta  sub’ektlarining  kengayishi  bilan  ham  bog‘liq. 

Majburiy  sug‘urta  tizimi  bo‘yicha  sug‘urta  mukofotlarining  miqdori  taxminan 

kamida  uch  marta  oshirilishi  kerak,  bu  esa  birinchi  galda,  davlat  ulushiga  ega 

bo‘lgan  sug‘urtalovchilarni  kapitallashtirishning  kamida  2  marta  oshishini 

ta’minlaydi,  shuningdek  birgalikda  sug‘urta  qilishda  sug‘urta  resurslarini 

birlashtirish  siyosatini  amalga  oshirish  uchun  sharoit  yaratish  imkonini  beradi. 

Hozirgi  sug‘urta  bozorida  majburiy  sug‘urtaning  yangi  mahsulotlari  paydo 



54

 

 

bo‘lishi sug‘urta sohasi ekstensiv o‘sishining chorasi bo‘lsada, respublikamizda 

sug‘urta rivojlanishining hozirgi bosqichida ushbu chora mamlakatimiz sug‘urta 

kompaniyalarining  resurs  bazasini  va  ijtimoiy  qaltisliklarning  sug‘urta 

ta’minotini  oshirish  uchun  zarur.  Bunda  davlatning  majburiy  sug‘urtani 

rivojlantirishdagi ishtirokidan asosiy maqsad majburiy sug‘urta va uning amalga 

oshirilishini  nazorat  qilish  va  tartibga  solish  tizimining  samarali  faoliyat 

yuritishi tamoyillarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat bo‘lishi kerak.  

Ixtiyoriy  sug‘urta.  Sug‘urtaning  ixtiyoriy  turlari  yaqin  va  uzoq  istiqbolda 

sug‘urta  sohasining  asosiga  aylanishi  lozim.  Aholi  daromadlarini  oshirish 

imkoniyatlarini  hisobga  olgan  holda,  asosiy  e’tibor  hayotni  uzoq  muddatli 

sug‘urtalash  tizimini  rivojlantirishga  qaratilishi  kerak.  Sug‘urtaning  ushbu  turi 

uzoq muddatli investitsiya resurslarining manbalari hisoblanadigan mablag‘larni 

jalb qilishda  alohida rol o‘ynaydi.  Ixtiyoriy  shaxsiy  sug‘urta  ijtimoiy  kafolatlar 

rolini  pasaytiruvchi  vosita  bo‘libgina  qolmasdan  uni  o‘rnini  bosishi  ham 

mumkin.  Sug‘urta  kompaniyalarining  yorqin  va  ishonchli  brendlarini 

shakllantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish, sug‘urtaning 

afzalliklari,  shu  jumladan  bank  depozitlariga  nisbatan  uning  ustunliklari 

to‘g‘risida doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borish zarur.  

Aholining  tug‘ilishining  yuqori  sur’atlari  saqlanib  qolinayotgan  sharoitda 

pensiya  tizimi  ijtimoiy  yo‘naltirilganligining  hozirgi  darajasini  saqlab  turishda 

muntazam sug‘urta to‘lovlarini pensiyalar va annuitetlarni sug‘urta qilish orqali 

ta’minlagan  holda,  hayotni  sug‘urta  qilish  turlarini  rivojlantirish  alohida 

ahamiyat  kasb  etadi.  Ijtimoiy  vazifalarni  hal  etishga  yo‘naltirilgan  ixtiyoriy 

sug‘urta  turlari  uy-joy,  sog‘liqni  saqlash,  pensiya  ta’minotiga  bo‘lgan 

ehtiyojlarning  qondirilganlik  darajasi  bilan  belgilanadi.  Xususan,  sug‘urtaning 

yangi  turlari:  uy-joy  qurilishi  va  uy-joyning  but  saqlanishi,  tibbiy  sug‘urta, 

pensiyalarning  jamg‘arilib  boriladigan  qismi,  ta’lim,  shuningdek  oilaviy 

tantanalar, to‘ylar, farzand tug‘ilishi, pasport olishi kabi yangi sug‘urta turlarini 

paydo bo‘lishiga turtki beriladi.  

55

 

 

Bir  qaltislikning  bir  necha  sug‘urta  kompaniyasi  tomonidan  birgalikda 

sug‘urta  qilinishi,  ya’ni  sug‘urta  puli  yoki  sug‘urta  sherikchiligi  orqali 

sug‘urtaga yirik va yangi qaltisliklarni qabul qilish imkonini beradi. Sug‘urta va 

qayta  sug‘urta  qilish  pullaridan  majburiy  sug‘urtaning  yangi  turlarini  ham, 

ixtiyoriy  sug‘urta  turlarini  ham  qaltisliklarini  qabul  qilish  uchun  foydalanish 

mumkin.  

Qayta sug‘urta qilish sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va 

to‘lov qobiliyati darajasini oshirish vositasi bo‘lib, u mazkur kompaniya uchun 

yuqori  qaltisliklarni  qabul  qilish  borasida  qo‘shimcha  imkoniyatlar  beradi. 

Qayta  sug‘urta  qilish  chet  el  investorlari,  qo‘shma  korxonalar  hamda 

iqtisodiyotning  real  sektoridagi  yirik  ob’ektlarning  faoliyati  bilan  bog‘liq 

sohalarda o‘z rolini saqlab qolishi kerak. Biroq, chet elga topshirilayotgan qayta 

sug‘urta  qilish  operatsiyalarining  hajmi  milliy  qayta  sug‘urta  kompaniyalari 

faoliyatining  va  sug‘urta  pullari  aylanmasini  faollashuvi  hisobiga  kamaytirilsa 

bo‘ladi.  

Sug‘urta  tarmog‘i  infratuzilmasining  rivojlanishi  sug‘urta  qilinishi  lozim 

bo‘lgan  ob’ektlar  va  qaltisliklarni,  sug‘urta  hodisasi  yuzaga  kelishi  natijasida 

etkazilgan  zarar  miqdorini  aniq  baholash  zarurati  bilan  bog‘liq.  Sug‘urta 

xizmatlari  sifatining  yaxshilanishi  va  iste’molchilarga  sug‘urta  xizmatlarining 

ko‘rsatilishi aktuariylar, sug‘urta vositachilari, sug‘urta brokerlari, syurveyerlar, 

avariya  komissarlari,  adjasterlar  kabi  sug‘urta  bozori  ishtirokchilarning  rolini 

kuchaytiradi.  

Sug‘urta  amaliyotida  aktuar  hisob-kitoblarning  qo‘llanishi  sug‘urta 

mukofotlarini  to‘g‘ri  hisoblash  va  sug‘urta  zahiralarini  shakllantirish  imkonini 

bergan  holda,  moliyaviy  natijalarning  ob’ektiv  tahlil  qilinishini  ta’minlaydi. 

Aktuar  nazorat  to‘lov  qobiliyati  va  buxgalteriya  hisobini  yuritish  standartlariga 

nisbatan zamonaviy xalqaro yondashuvga asos qilib olingan. Aktuariyning o‘rni 

va  rolini  aniqlash,  aktuar  baholash  tizimi,  ushbu  kasb  mutaxassislarini 

tayyorlashga  nisbatan  yondashuvlarni  ishlab  chiqish  sug‘urta  hamjamiyati  va 

davlat tomonidan alohida e’tibor qaratiladigan masalaga aylanishi kerak.  



56

 

 

Milliy  sug‘urta  bozorining  eng  muhim  vazifasi  –  aholi  bilan  ishlovchi 

sug‘urta  vositachilarining  sonini  keskin  oshirishdan  iborat.  Davlat  tomonidan 

iqtisodiy  rag‘batlantirish  ular  faoliyatini  resurslar  bilan  qo‘llab  –  quvvatlash 

uchun soliq va boshqa imtiyozlarning berilishi orqali amalga oshiriladi.  

Sug‘urta  ishi  ishtirokchilarining  sug‘urta  madaniyatini  va  moliyaviy 

savodxonligini  oshirish.  Sug‘urta  xizmatlari  iste’molchilarini  sug‘urta 

kompaniyalarining  moliyaviy  ahvoli,  ular  tomonidan  taqdim  etiladigan 

xizmatlar to‘g‘risidagi to‘liq va  ishonchli  ma’lumot  bilan ta’minlash,  aholining 

sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida:  

 

sug‘urtalovchilar bo‘yicha birlashtirilgan bazani yaratish; 

 

sug‘urta qoidalarini, sug‘urta tariflari bo‘yicha ma’lumotlarni, sug‘urta 

shartnomalarini  tuzish  va  sug‘urta  to‘lovlarini  amalga  oshirish  tartibi  bo‘yicha 

tushuntirishlarni,  sug‘urtalovchilar  reytinglarini  chop  etishning  majburiy 

qoidasini joriy etish zarur.  

Bunda  sug‘urta  bozori  ishtirokchilarining  moliyaviy  savodxonligini  va 

sug‘urta madaniyatini yanada oshirish eng muhim vazifalar jumlasiga kiradi.  

YUqorida keltirilgan qoidalarni amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda 

sug‘urta bozorining yanada rivojlanishi ro‘y beradi. Sug‘urtaning ayrim turlarini 

rivojlantirish,  davlat  organlarining  sug‘urta  kompaniyalari  bilan  sug‘urtani 

rivojlantirishning  umumiy  vazifalarni  hal  etish  borasidagi  o‘zaro  hamkorligi 

samaradorligini  oshirish  hisobidan  shartnomalar  soni,  sug‘urta  mukofotlari 

hajmining yanada oshishi yuz beradi.  

Sug‘urta 

mukofotlari 

hajmlarining 

ortishi 


sug‘urtalovchilarga 

respublikamiz  iqtisodiyotiga  moliyaviy  mablag‘larni  investitsiya  qilish  manbai 

bo‘lib  xizmat  qiluvchi  qo‘shimcha  moliyaviy  mablag‘larni  jamlash  imkonini 

beradi.  Sug‘urtalovchilar  majburiyatlari  hajmining  ortishi,  raqobatning 

keskinlashuvi  sug‘urta  kompaniyalari  ustav  jamg‘armalari  hajmini  oshirish 

zarurligini taqozo etadi.  

Sug‘urta  qildiruvchilarning  sug‘urta  kompaniyalarining  faoliyati  haqida 

xabardorligini  oshirish,  korxona  va  tashkilotlar  rahbarlari,  aholining  sug‘urta 



57

 

 

madaniyati  darajasini  tobora  oshirish  sug‘urta  tizimida  moliyaviy  mablag‘lar 

hajmining  oshishiga,  fuqarolar  va  yuridik  shaxslarning  keng  doirasiga  sug‘urta 

himoyasining taqdim etilishiga ko‘maklashadi. 

1994  yilning  dekabr  oyida  O‘zbekiston  Jahon  Savdo  Tashkilotining  to‘la 

huquqli  a’zosiga  aylanish  uchun  murojaatnoma  topshirdi.  1994  yilning  21 

dekabridagi  Jahon  Savdo  Tashkilotining  Bosh  kengashida  O‘zbekistonning 

murojaati  ijobiy  tarzda  ko‘rib  chiqildi  va  O‘zbekistonni  tashkilotga  a’zoligiga 

tayyorlash  uchun  ishchi  guruhi  tuzish  haqida  qaror  qabul  qilindi.  Oradan  4  yil 

o‘tib 1998 yilning sentyabr oyida O‘zbekistonning tashqi savdosi tizimi haqida 

Jahon  Savdo  Tashkilotining  (JST)  kundalik  tashkiliy-ijrochilik  ishlarini  olib 

boruvchi  bo‘limida  rasmiy  taqdimoti  bo‘lib  o‘tdi,  taqdimotda  tashkilotga  a’zo 

bo‘lish  zamirida  chiqarilayotgan  qonun  va  qonunchilik  xujjatlaridan  nusxalar 

taqdim  etildi.  O‘zbekistonning  JST  ga  a’zo  bo‘lishiga  tayyorlash  uchun  tashkil 

qilingan  ishchi  guruhning  birinchi  yig‘ilishi  Jenevada  2002  yilning  17  iyulida 

bo‘lib  o‘tdi.  Ishchi  guruhining  yig‘ilishida  JSTga  a’zo  bo‘lish  zamirida 

O‘zbekiston tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar rivojlanishi va holati haqida 

ma’ruza qilindi. Mamlakatimizni JSTga a’zo bo‘lish fikrini tashkilotning doimiy 

a’zolaridan  bo‘lgan  14  mamlakat  qo‘llab  quvvatladi.  Bu  ishchi  guruhning 

ikkinchi  yig‘ilishi  2004  yilning  29  iyunida,  uchinchi  yig‘ilishi  2005  yilning 

oktyabr  oylarida  o‘tkazildi.  Har  bir  yig‘ilishda  o‘tgan  yig‘ilishlardan  keyin 

mamlakatimizga  nisbatan  berilgan  savollarga  javoblar  e’lon  qilindi.  Uchinchi 

uchrashuvda  O‘zbekiston  tomonidan  chet  el  tadbirkorlarini  mamlakatimizning 

xizmatlar bozoriga kirishi uchun o‘ziga xos narxlar majmui va takliflari taqdim 

qilindi.  

Mamlakatimizda  JST  ga  a’zo  bo‘lish  bilan  bir  qatorda,  respublikamiz 

uchun  qulay  sharoitlarni  yaratish  yo‘lida  muntazam  ishlar  olib  borilmoqda, 

shulardan: 

Tashkilotga  a’zo  bo‘lish  jarayonining  tizimli  asosi  yaratildi:  Idoralaro 

komissiya va JST bilan aloqa qiladigan kichik kengash tashkil qilindi, JSTning 

barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruhlari tashkil qilindi; 



58

 

 

Milliy  qonunchiligimizni  JST  ning  kelishuv  nizomlari  bilan  bosqichma-

bosqich  moslashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda; 

Doimiy  tarzda  tashkilotga  a’zo  bo‘lish  jarayonida  qatnashayotgan  davlat 

xizmatchilarini malakasini oshirish bo‘yicha jarayon amalga oshirilmoqda; 

JST  kundalik  tashkiliy-ijrochilik  ishlarini  olib  boruvchi  bo‘limiga  a’zo 

bo‘lish uchun zarur bo‘lgan barcha tashkiliy-huquqiy xujjatlar muntazam tarzda 

taqdim etib turilmoqda. 

Barcha  rasmiyatchiliklar  tugagandan  so‘ng,  O‘zbekistonning  JSTga  a’zo 

bo‘lishi  jarayoni  yaqqol  ko‘zga  ko‘rinib  qoladi.  Bundan  15  yillar  muqaddam 

tashkilotga 

a’zolik 

jarayoni 

mamlakatimizdagi 

Sug‘urta 

faoliyati 

ishtirokchilarini  haddan  tashqari  tashvishlantirgan  edi.  Bunda  asosan  kichik 

sug‘urta  kompaniyalari  O‘zbekistonga  kirib  keladigan  chet  el  sug‘urta 

kompaniyalari  bilan  raqobatdan  chuchishgan  edi,  chunki  mahalliy  sug‘urta 

kompaniyalarimiz  sug‘urta  bozoridagi  o‘rnini  shundoq  ham  arang  ushlab 

turishgan  edi.  Lekin  shu  o‘tgan  davr  ichida  kichik  sug‘urta  kompaniyalarimiz 

o‘z  moliyaviy  mavqelarini  ancha  tiklab  olishdi,  ayrimlari  kichik  sug‘urta 

kompaniyalardan  o‘rta  va  yirik  sug‘urta  kompaniyalariga  ham  aylanishga 

ulgurishdi. Bu orada bozorda paydo bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi 

sug‘urta kompaniyalari bilan bo‘layotgan raqobat ham  mamlakatimizni JST ga 

a’zo  bo‘lganidan  so‘ng  kirib  keladigan  xorij  sug‘urta  kompaniyalari  filiallari 

bilan  bo‘ladigan  raqobat  muhitiga  ancha  tayyor  qilib  qo‘ydi.  Hozirda 

respublikamizda  xorij  sug‘urta kompaniyalari  o‘z  investitsiyalari  bilan sug‘urta 

kompaniyalar  faoliyatida  ishtirok  etishlari  mumkin,  lekin  Bosh  kompaniya 

boshqa mamlakatda bo‘lib turib o‘z filiallarini ochishlari mumkin emas. JST ga 

a’zo  bo‘lganimizdan  so‘ng  xorij  sug‘urta  kompaniyalari  filiallariga  bizning 

bozorga  yo‘l  ochiladi.  SHuning  uchun  O‘zbekiston  hukumati  JST  ga  a’zo 

bo‘lishni global iqtisodiy tizimga integratsiyalashish yo‘lida muhim qadam deb 

hisoblaydi.  Ayni  paytda  JSTga  a’zo  bo‘lish  birinchi  navbatda  O‘zbekiston 

iqtisodiyoti  manfaatlari  uchun  xizmat  qilishi,  mahalliy  sug‘urta  kompaniyalari 

manfaatlarini  bug‘ib  qo‘ymasligi,  aholini  bandligiga,  bojxona  siyosatiga  salbiy 

59

 

 

ta’sir  ko‘rsatmasligi  darkor.  Mamlakatimiz  tashkilotga  a’zolik  faqatgina  a’zo 

bo‘lish uchun emas, balki iqtisodiyotimizni rivojlantirishga turtki bo‘lishi uchun 

har  bir  qadamni  chuqur  o‘ylab,  ro‘y  berishi  mumkin  bo‘lgan  oqibatlarini 

taroziga qo‘yib harakat qilmoqda. 

Davlat  nazoratini  sug‘urtada  ishtirokini  ikkita  modelini  ajratib  ko‘rsatish 

mumkin.  Birinchi  modelda  davlat  xorijga  qayta  sug‘urtaga  uzatilayotgan 

risklarni va mablag‘larni nazorat qiladi, ikkinchi modelda – davlat o‘z xududiga 

norezident  sug‘urta  kompaniyalarini  kirib  kelishini  cheklab  qo‘yadi  va  bu 

jarayonda  qayta  sug‘urtaga  uzatilayotgan  risklarni  umuman  nazorat  qilmaydi. 

Xususan  davlatni  qayta  sug‘urtaga  uzatilayotgan  risklarni  nazorat  qilmasligida 

respublikadan katta miqdorda valyuta oqimlari chiqib ketishiga olib keladi.   

YUqoridagi  tahlillarimizdan  ko‘rib  o‘tdiki  mamlakat  iqtisodiyotida 

O‘zbekiston  sug‘urta  bozori  salmoqli  o‘rinni  egallamaydi.  Sanoati  rivojlangan 

mamlakatlarda  YAIM  da  sug‘urtaning  ulushi  8-10  foiz  darajada,  Evropada  5 

foiz,  Rossiyada  3  foiz  bo‘lib  turgan  bir  paytda  respublikamizda  bu  ko‘rsatkich 

0,3  foizdan  oshmaydi.  Tahlilchilarning  fikricha  JST  ning  shartlari  bilan  xorijiy 

sug‘urta kompaniyalariga sug‘urta bozorimizga keng yo‘l ochib bersak bu holat 

milliy sug‘urta bozoriga og‘riqsiz bo‘ladi. YAqin besh yilda O‘zbekiston YAIM 

da sug‘urtani ulushini kamida 3 foizga oshirishiga turtki bo‘ladi.  

SHunday  bo‘lgan  taqdirda  ham  O‘zbekiston  JST  ga  a’zo  bo‘lganda 

sug‘urta  faoliyati  ishtirokchilariga  salbiy  holatni  keltirib  chiqaradigan  hech 

qanday  holat  yuz  bermaydi.  Birinchidan,  O‘zbekiston  sug‘urta  bozori  xorij 

sug‘urta  kompaniyalari  uchun  shu  vaqtgacha  ham  doim  ochiq  bo‘lgan. 

Ikkinchidan, xorij sug‘urta kompaniyalarining filiallari haqiqatdan ham bozorga 

kirib  kela  boshlasa,  ularga  nisbatan  ayrim  talablar  qo‘yiladi,  masalan,  soliq 

to‘lash  bo‘yicha  talablar,  zahiralarni  shakllantirish,  o‘zlik  kapitalini  va  nizom 

jamg‘armasini  shakllantirish  bo‘yicha  talablar  shular  jumlasidandir.  Bu 

talablarni  hech  qanday  ajablanarli  joyi  yo‘q,  chunki  chet  el  mamlakatlari 

xududida xorij sug‘urta kompaniyalari filiallari faoliyat yuritsa soliq to‘lashlari, 

60

 

 

bosh  kompaniya  ruyxatdan  o‘tgan  mamlakatda  emas  shu  mamlakat  xududida 

zahiralarni shakllantirishlari zarur.  

Tashkilotga a’zolik e’lon qilingandan so‘ng shak-shubhasiz ayrim sug‘urta 

qonunlariga  o‘zgartirishlar  kiritish  lozim  bo‘ladi.  Jumladan  «Sug‘urta  faoliyati 

to‘g‘risidagi  qonun»ga,  vaholanki  sug‘urta  bozorining  huquqiy  muomalalarida 

yangi  ishtirokchi  «xorij  sug‘urta  kompaniyasi  filiali»  paydo  bo‘ladi,  hozirda 

qonunchiligimizda bunday ishtirokchining harakatlari haqida hech narsa ko‘zda 

tutilmagan.  Mamlakatimiz  xududida  paydo  bo‘ladigan  xorijiy  yangi  sug‘urta 

ishtirokchilariga  qonunchilik  bilan  biriktirilgan  holda  keng  yo‘l  ochib  berilishi 

zarur.  


Ayni  paytda  O‘zbekiston  JST  ga  a’zo  bo‘lganda  sug‘urta  bozoriga  kirib 

kela boshlagan xorijiy ishtirokchilar bilan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 

sug‘urta  kompaniyalardan  10  tasi  raqobatlasha  olishi  mumkin,  qolganlari  esa 

davlatning qo‘llab quvvatlashiga muxtoj bo‘ladi.  

JST  ga  a’zo  bo‘lganda  O‘zbekiston  sug‘urta  bozori  uchun  ustunlik  va 

kamchiliklarini keltirib o‘tamiz, jumladan ustunliklari: 

-

  kapitalizatsiya darajasini ortishi va xorijiy investorlarni kirib kelishi bilan 

milliy sug‘urta bozorini ko‘lamini kengayishi; 

-

 

sug‘urta  tizimini  rivojlantirishga  chet  el  investitsiyalarini  jalb  qilish 

imkoniyatini oshishi; 

-

  sotishning zamonaviy texnologiyalari «nou-xau»ning kirib kelishi; 

-

 

sug‘urta  xizmatlarini  sifatini  ko‘tarilishi,  taqdim  etilayotgan  sug‘urta 

xizmatlarida to‘xtalishlarni kamayishi; 

-

 

milliy  bozorda  raqobatni  kuchayishi  va  mahalliy  ishtirokchilarni 

faoliyatini jadallashtirib yuborishi; 

Kamchiliklari esa qo‘yidagilardan iborat: 

-

 

valyuta  zahiralarini  qayta  sug‘urta  operatsiyalari  ko‘rinishida  xorijga 

chiqib ketishi; 

-

  sug‘urta  orqali  ichki  investitsion  zahiralarni  katta  qismini  xalqaro 

moliyaviy bozorga chiqib ketishi; 

61

 

 

-

 

sug‘urta  zahiralari  va  investitsion  kapitalni  ustidan  milliy  nazoratni 

yo‘qotilishi; 

-

 

yirik  xorijiy  sug‘urta  kompaniyalarining  kirib    kelishi  bilan  sug‘urta 

xizmatlari narxida narxlarning tushib ketishi kuzatilishi, bu esa milliy bozordagi 

ayrim ishtirokchilarni nochor ahvolga tushirib qo‘yishi mumkin; 

-

 

xalqaro  moliyaviy  bozordagi  o‘zgarishlar  va  spekulyativ  operatsiyalarga 

yuqori darajada ta’sirchan bo‘lib qolishi; 

-

  mahalliy  kompaniyalarda  band  bo‘lgan  boshqaruv  va  ishchi  xodimlarni 

xorij kompaniyalariga ko‘chib o‘tishi. 



Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


iiibob-azot.html

iiidas-marketingkonzept--.html

iiif---microsoft-word-2.html

iiif---microsoft-word-7.html

iiiformasndavvldnseilmiss.html