1 2 3 4 5 6 7 8

III-bosqich - Dars ishlanmasi

bet4/8
Sana04.06.2018
Hajmi0.62 Mb.

III-bosqich. 

Yangi mavzu 

mazmunini 

tushuntirish jarayoni 

va ajratilgan vaqti 

__25___minut. 

7-dars.    AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI

 

Ma'lumki.  kompyuterlar  elektr  toki  asosida  ishlaydi.  Kompyuter  maxsus  qurilmada 

tokning  bor  bo'lishini  1  ga  teng.  aks  holda,  ya'ni  tok  bo'Imaganda  0  ga  teng  axborot  deb 

oladi.  Ikkinchi  tomondan,  axborotlarni  kodlash  uchun  kodlash  sistemasi  ikkita  belgidan 

iborat  bo'lishi  yetarli  bo'ladi.  Endi  belgilarni  ikkita  belgi  orqali  qanday  kodlash 

mumkinligini ko'rib chiqamiz. 

Axborotni ikkita belgi yordamida kodlash

 

Kompyuter  raqamlarning  o'zini  emas.  hallo  -'in  raqamlarni  ifodalovchi  signallarni 

farqlaydi.  Bunda  raqamlar  si^ii.iinmg  ikki  qiymati  bilan  (magnitlangan  yoki 

magnitlanmagan; ulangan yoki ulanmagan; hayoki yo'q va h.k.) ifodalanadi. Bu holatning 

birinchisini 1 raqami bilan, ikkinchisini esa 0 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo'lib. 

axborotni ikkita belgi yordamida kodlash  

(qisqacha,  

ikkilikda kodlash)  

nomini olgan. 

Masalan: 

A-01000001 H-01001000 M-01001101 T-01010100 

B-010000)0 K-OI001011 O-01001111 U - 01010101 

D-01000100 I - 01001001 R-01010010 X-01011000 

Kompyuterlarda  bar  bir  belgiga  0  va  1  belgilarining  ketma-ketligidan  iborat  8  ta  belgi 



mos  qo'yiladi.  8  ta  nol  va  birlarning  turli  o'rin  almashtirishidan  foydalanib,  turli  xildagi 

belgilarni  kodlashimiz  mumkin.  0  va  1  dan  iborat  raqamlar  yordamida  ularni  8  tadan 

ajratsak, bu o'rin almashtirishlar soni 2* =256 ga teng bo'ladi, ya'ni ular yordamida 256 ta 

harflar, raqamlar, turli boshqa belgilarni kodlash mumkin bo'ladi. 

KITOB 

so'zini quyidagicha kodlash mumkin: 

01001011  01001001  01010100 01001111  01000010 

Buyruqlarni  yoki  turli  boshqa  turdagi  axborotlarni  kodlash  uchun  shu  tartibda 

yondashiladi.  Biroq,  turli  rusumdagi  kompyuterlar  uchun  turlicha  bo'lishi  mumkin.  Bu 

texnikaning xususiyatiga bog'liq bo'lgan holatdir. 

Agar  ikkilikda  kodlangan  belgilarni  o'n  oltihkda  kodlamoqchi  bo'lsak,  tetrada  kodlash 

usulidan  foydalanishimiz  mumkin.  Bu  holda  sanoq  sistemasidagi  sonlarni  

taqqoslash 

jadvaliga  ko'ra  

4=0100  va  1=0001  ekanligidan  A  belgisi  kodi  o'n  oltiltkda  41  ga  teng 

bo'ladi.  Agar  birinchi  raqamni  ustun,  ikkinchi  raqamni  satr  tartib  raqami  deb  olsak  yangi 

jadval hosil qilamiz. Bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash 

jadvali  —  

ASCII  

(American  Standard  Code  for  Information  Interchange)  jadvali  hosil 

bo'ladi. 

 

Grafik  axborotni  ikkita  belgi 

yordamida kodlash

 

Nol va birlar ketma-ketligi bilan 

grafik  axborotlami  ham  kodlash 

mumkin.  Buning  uchun  quyidagi 

usuldan foydalaniladi. 

Ro'znomadagi  rasmga  diqqat 

bilan  razm  solsangiz,  u  mayda 

nuqtalardan 

(ularni 

poligrafiya 

tilida  "rastr"  deyishadi)  tashkil 

topganligini 

ko'rasiz. 

Turli 


poligrafiya 

uskunalaridan 

foydalanganlik 

bois, 


bu 

nuqtalarning 

zichligi 

turlicha 

bo'ladi.  Ko'pchiltk  ro'znomalardagi  rasmlarda  bir  santimetrlik  uzunlikda  24  ta  nuqta 

bo'ladi,  ya'ni  10  x  10  santimetr  o'lchovidagi  rasm  taxminan  60  ming  nuqtadan  iborat 

bo'ladi. Agar bular bir xil darajadagi oq va qora nuqtalardan iborat bo'lsa, u holda ularning 

har  birini  0  yoki  1  qiymatni  qabul  qiluvchi  bitta  bit  bilan  kodlasa  bo'ladi.  Agar  nuqtalar 

holati har xil 

bo'lsa,  u  holda  bitta  nuqtaga  bir  bit  yetarli  bo'lmaydi.  Ikki  bit  bilan  nuqtaning  to'rt  xil 

rangni: 00 — oq, 01 — och kul rang, 10 — to'q kul rang, 11 - qora rangni kodlash mumkin 

bo'lsa, uch bit 8 xil rangni, 4 bit 16 xil rangni kodlash imkoniyatini beradi va hokazo. 

Kompyuterda  rangni  ifodalash  uchun  uch  xil  —  qizil,  yashil  va  ko'k  ranglardan 

foydalaniladi. Bu qurilma RGB modul deb nomlanadi. 

 

Ovozni ham shu tariqa kodlash mumkin. Musiqaga yozilgan notalar ovozni kodlashning 

bir turidir. Masalan, nota belgilariga raqamlar mos keltirilib, ovozni bitlar orqali ifodalash 

ham mumkin. 

Axborot miqdori va uzatish tezligi

 

Axborot ham, boshqa ko'pgina tushunchalar (masalan, vaqt, ish, harorat masofa va h.k) 

kabi  n'lchanadi.  Ammo  uning  o'lchov  birligi  siz  bilan  matematika  yoki  fizika  kursida 

tanishgan o'lchov birliklarimizdan farq qiladi. 



Axborotni  o'lchash  uchun  unda  ishtirok  etgan  harf,  raqam  va  boshqa  belgilar  0  va  1 

raqamlaridan iborat kod bilan almashtiriladi. Masalan, 3 raqami - 00000011 kabi; 8 raqami 

- 00001000 kabi; A harfi - 01000001; m harfi esa — 01101101 kabi ifodalanadi. 

Axborotning  eng  kichik  o'lchov  birligi  sifatida  

bit  

qabul  qilingan.  Bit  axborotning 

raqamli ifodasidagi 0 yoki 1 belgisi bo'lib, ingliz tilidagi "binary digit" so'zlaridan olingan 

va  "ikkilik  raqamf  degan  ma'noni  anglatadi.  Masalan:  100101101  da  9  ta  bit  bor,  chunki 

unda 9 ta raqam (0 va 1) ishtirok etmoqda. 

Bitdan  kattaroq  o'lchov  birligi  sifatida  

bayt  

qabul  qilingan:  

1  bayt  

=  

8  bit.  

Masalan: 

11011011  da  1  bayt  axborot  bor,  chunki  unda  8  ta  bit  (raqam)  qatnashmoqda, 

1011010100100011  da  esa  2  bayt  axborot  bor,  chunki  unda  16  ta  bit  (raqam) 

qatnashmoqda. 

Axborotda  qatnashgan  har  qanday  bclgi  1  bayi  hajmli  deb  hisoblanadi.  Masalan,  "B" 

harfi 1 bayt hajmga ega; "MA" esa 2 bayt hajmli; "MAS" 3 ba\t hajmli va h.k. 

Baytdan  katta  o'lchov  birligi  ham  mavjud.  U  

kilobayt  

(Kbt)  deb  noinlanadi  va  2'" 

baytga teng: 

1 Kbt 

= 2

10

 

bayt = 1024 bayt.

 

Kilobaytdan  katta  o'lchov  birliklari  ham  qabul  qilingan  bo'lib.  ular  

megabayt  

(Mbt). 

gigabayt 

(Gbt), 

terabayt 

(Tbt). 

petabayt 

(Pbt) kabi bcknlangaii: 

1  Mbt  =  2

IU

  kbt  =1024  Kbt=1024xl024  bayt=1048576  bayt  =1048576  \  8  bit  = 

8388608 bit;

 

1 Gbt - 2

IU

 Mbt = 1024 Mbt = 1024x1024 Kbt = 1024x1024x1024 bayt = 2

5U

 bayt;

 

" 1 Tbt = 2

1U

 Gbt= 1024 Gbt= 1024x1024 Mbt = 1024x1024x1024x1024 bayt = 2

4U

 

bayt;

 

1  Pl>t=2

lu

Ibt=1024Tbt=1024xl024Gbt=  1024x1024x1024x1024x1024  bayt  =  2

SU

 

bayt.

 

Demak, 1 Pbt hajmli axborotda 2

5U

 ta belgi ishtirok etai ekan., 

Ma'lumki,  axborot  ustida  uzoq  masofaga  uzatish  amali  bajarilishi  mumkin.  Axborotni 

kompyuter yordamida uzatish uchun esa sarflanadigan vaqt lining hajmiga bog'liq bo'ladi. 

Axborotning  

vaqt  birligi  ichida  

uzatilgan  miqdori  

axborotni  uzatish tezligi  

deb  ataladi. 

Axborot uzatish tezligining birligi sitatida bod kiritilgan: 1 bod = 1 bit/1 sekund. 

Masalan,  120  megabayt  axborot  8  minutda  uzatilgan  bo'lsin.  U  holda  axborot  uzatish 

tezligini quyidagicha hisoblash mumkin: 

120  Mbt/8  minut  =122880  Kbt/8  minut  =  15360  Kbt/minut  =  15728640  bayt/minut  = 

262144 bayi/sekund = 2097152 bil/sckund = 2097152 bod. 

Hozirgi kunda axborot uzatish tezligining birliklari sitatida quyidagilar ishlatiladi: 

Kilobayt/sekund,    Kilobit/sekund. Megabit/sekund. 

IV-bosqich. 

Yangi mavzuni 

mustaxkamalsh, 

amaliy va mustaqil 

ishlar bajarish jarayoni 

va ajratilgan vaqti 

_____minut. 

Savol va topshiriqlar

  1.   Ikkilikda kodlash niroa uchun kerak? 

2.   Sakkiz bit orqali qancha belgi va harfni kodlash mumkin? 

3.   ASCII jadvali haqida gapirib bering. 

4.   Grafik axborotlarni kodlash mumkinmi? 

5.    Ikki, uch va to'rt bit bilan necha xil rangni kodlash mumkin  va bu qanday amalga 

oshiriladi? 

6.      Tovushni  kodlash  mumkinmi?  Mumkin  bo'lsa,  to

v

ushni  qanday  qilib  raqamlarga 

o'tkazish mumkin? 

7.   ASCII jadvalidan foydalanib "7-sinf" jumlasini kodlang. 

8.   Axboror micidonr'ne onnchv o'lchov birlikhn' bor? 

V-bosqich. 

Darsga yakun yasash  

baholash metodlari va 

ajratilgan vaqti 

__2___minut. 

 

O’quvchilarni 5 balli tizimda baholash

 

VI-bosqich. 

Uyga vazifa berish va 

ajratilgan vaqti 

___2__minut. 

5. Uyga vazifalar.

 

1) Darslikdan  mavzuni o'qish. 

2) Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish. 

 

 

O‘qituvchiining ismi, sharifi   

 

Rahmatov G‘ofur Xamidovich

 

imzosi____________  

 

 

Dars ishlanma yozilgan sana      

 

 

 

«29» 11. 201___ yil 



 

T a s d i q l a y m a n »  

Yangiyer shahar 3-sonli umumuy o‘rta ta’lim 

maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha 

o‘rinbosari: _______________ 

«_________»_______________201___ yil 

( sana)

  

DARS ISHLANMASI 

Sana: «_  » __________  201___ yil.  

 

 

 

 

Sinf  7-A 

Sana: «_  » __________ 201___ yil.  

 

 

 

 

Sinf  7-B 

 

Fan nomi: Informatika 

Mavzu: 

Amaliy mashg’ulot

 

 

Darsning maqsadlari

:  Ta’limiy maqsad:   o’quvchularga amaliy ishlash ko’nikmasini hosil qilish.   Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga tartib intizom  haqida tushuncha berish.  Rivojlantiruvchi maqsad:savol-javob.   

Dars turi:  

 

   

yangi materailni o’rgatish darsi 

Darsda qo‘llaniladigan metodlar:    Aqliy hujum

.Savol-javob

 

Darsda foydaniladigan jihozlar:  

darslik,kompyuter, koptoma

.

 

 

DARSNING BORISHI:  

 

Dars bosqichlari 

Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri 

I-bosqich

Darsning tashkil qilish 

jarayoni va ajratilgan 

vaqti _2_minut 

Darsning borishi

 

1. Tashkiliy qism. 

O'qituvchi dars jihozlarini darsga tayyorlaydi,  

a) sinf tozaligi 

b) o’quvchilar davomati 

c) darsga tayyorligini nazorat qilsih 

d) uy vazifasini so’rash 

II-bosqich. 

O‘tilgan va uyga 

berilgan mavzuni 

so‘rash va takrorlash 

jarayoni va ajratilgan 

vaqti __8__minut 

Savol va topshiriqlar

 

1.   Ikkilikda kodlash nima uchun kerak?

 

2.   Sakkiz bit orqali qancha belgi va harfni kodlash niunikin?

 

3.   ASCII jadvali haqida gapirib bering.

 

4.   Grafik axborotlarni kodlash niumkinnii?

 

5.   Ikki, uch va to'rt bit bilan necha xil rangni kodlash mumkin va bu qanday amalga oshiriladi?

 

6.   Tovushni kodlash niumkinnii? Mumkin bolsa, tovushni qanday qilib raqamlarga o'tkazish 

mumkin?

  7.   ASCII jadvalidan foydalanib "7-sinf" jumlasini kodlang.

 

8.   Axborot miqdorining qanday olchov birliklari bor?

 

9.   Eng kichik axborot miqdorining olchov birligi qanday?

 

10. Axborot uzatish tezligi deganda nimani tushunasiz?

 

11. Axborot uzatish tezligining qanday olchov birliklari bor?

 

 

III-bosqich. 

Yangi mavzu 

mazmunini 

tushuntirish jarayoni 

va ajratilgan vaqti 

__25___minut. 

Mashqlar

 

1. Ikkilikda kodlangan quyidagi yozuvni aniqlang:

 

a) 0100000101010011

 

b) 0101001101000001010011000100111101001101

 

2. Ikkilikda kodlangan quyidagi yozuvdan foydalanib uchta belgining ASCII da yozilgan kodini 

toping:

  a) 101001001011010101111101 b) 101010001011010101101101 d) 110100001011010101101101 

e) 101001001010010101111101 f) 111001001010010101111101 g) 101001001010010101111100

 

3. O'z ism-sharifingizda necha bit va bayt axborot borligini hisoblang.

 

4. "Kelajak yoshlar qo'lida" iborasida necha bayt axborot borligini hisoblang va uni axborotning 

boshqa o'lchov birliklarida ifodalang.

 

5. Agar axborot 14 MB hajmga ega bo'lsa, u qancha bit, bayt va KB ekanligini hisoblang.

 

6. Agar kitobdagi axborot hajrni 640 KB ekanligi nia'luni bo'lsa, uni nechta "kompyuter" so'zi bilan 

alniashtirish mumkin?

 


7. 256 xil rangli gorizontaliga 1280 ta nuqtali vertikaliga 1024 ta nuqtali ekrandagi rasm 

kodlanganda axborot hajmini bayt va KB da toping.

 

 AMALIY MASHG'ULOT

 

Misol. 

Bir kitobda 250 ta sahifa bo'lib, har bir sahifa 30 ta satrdan va har bir satr 

75 ta belgidan iborat bo'lsa, kitobdagi axborot hajmini hisoblang. 

Yechish.

 

Dastlab, bitta sahifada nechta belgi borligini hisoblaymiz: 75x30 = 2250 ta. 

Endi kitobdagi belgilarning umumiy sonini hisoblaymiz: 2250x250 = 562500 ta. 

Demak, kitobdagi axborot hajmi 562500 x 8 - 4500000 bit yoki 562500 bayt 

yoki 562500 : 1024 H * 549 KB yoki 549 : 1024 H * 0,54 MB yoki 0,54 : 1024 

H * 0,0005 GB ekan. 

Misoldan ko'rinadiki, GB ancha katta hajmni ifodalovchi o'lchov birligi ekan.

 

IV-bosqich. 

Yangi mavzuni 

mustaxkamalsh, 

amaliy va mustaqil 

ishlar bajarish jarayoni 

va ajratilgan vaqti 

_____minut. 

 

V-bosqich. 

Darsga yakun yasash  

baholash metodlari va 

ajratilgan vaqti 

__2___minut. 

 

O’quvchilarni 5 balli tizimda baholash

 

VI-bosqich. 

Uyga vazifa berish va 

ajratilgan vaqti 

___2__minut. 

5. Uyga vazifalar.

 

1) Darslikdan  mavzuni o'qish. 

2) Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish. 

 

 

O‘qituvchiining ismi, sharifi   

 

Rahmatov G‘ofur Xamidovich

 

imzosi____________  

 

 

Dars ishlanma yozilgan sana      

 

 

 

«20» 12. 201___ yil 

 

T a s d i q l a y m a n »  

Yangiyer shahar 3-sonli umumuy o‘rta ta’lim 

maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha 

o‘rinbosari: _______________ 

«_________»_______________201___ yil 

( sana)


  

DARS ISHLANMASI 

Sana: «_  » ___________  201___ yil.  

 

 

 

Sinf  7-A 

Sana: «_  » ___________ 201___ yil.  

 

 

 

Sinf  7-B 

 

Fan nomi: Informatika 

Mavzu: 9-dars. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

 

 

Darsning maqsadlari

Ta’limiy maqsad:  o’quvchularga axborot texnologiyalari haqida bilim berish.  Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga tartib intizom  haqida tushuncha berish.  Rivojlantiruvchi maqsad:savol-javob.   

Dars turi:  

 

   

yangi materailni o’rgatish darsi 

Darsda qo‘llaniladigan metodlar:    Aqliy hujum.Savol-javob 

Darsda foydaniladigan jihozlar:  

darslik,kompyuter, koptoma. 

 

DARSNING BORISHI:  

 

Dars bosqichlari 

Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri 

I-bosqich

Darsning tashkil qilish 

jarayoni va ajratilgan 

vaqti _2_minut 

Darsning borishi

 

1. Tashkiliy qism. 

O'qituvchi dars jihozlarini darsga tayyorlaydi,  

a) sinf tozaligi 

b) o’quvchilar davomati 

c) darsga tayyorligini nazorat qilsih 

d) uy vazifasini so’rash 

II-bosqich. 

O‘tilgan va uyga 

berilgan mavzuni 

so‘rash va takrorlash 

jarayoni va ajratilgan 

vaqti __8__minut 

Savol va topshiriglar

 

1.   Axborot texnologiyasi deganda nimani tushunasiz? 

2.   Axborot texnologiyasining tashqi omillariga misol kel-tiring. 

3.   Agar kompyuterlar tarmoqqa birlashtirilmasa, ularda qanday usulda axborot 

almashinadi? 

4.   Lokal tarmoqlar nima sababdan shunday ataladi? 

5.   Lokal tarmoqlar qanday vazifalarni bajarishga xizmat qiladi? 

6.   Global tarmoqlar lokal tarmoqlardan nimasi bilan farq qiladi? 

7.   Modem nima va u nima uchun xizmat qiladi? 

8.   Tarmoqda server nima uchun kerak? 

9.   Server bilan ishchi stansiyaning farqini tushuntiring. 

 

III-bosqich. 

Yangi mavzu 

mazmunini 

tushuntirish jarayoni 

va ajratilgan vaqti 

__25___minut. 

"Texnologiya" 

so'zi  yunoncha "techne" — san'at, mo-hirlik, hunar va "logos" — 

fan  so'zlaridan  tashkil  topgan  bo'lib,  u  aniq  maqsadga  erishish  uchun  zaruriy 

vositalar,  usul  va  sharoitlardan  foydalangan  holda  muayyan  amal-larning  ketma-ket 

bajarilishini ko'zda tutadi. 

Axborot texnologiyalari haqida

 

Ixtiyoriy  jarayonni  to'liq  o'rganishda,  u  to'g'risida  to'p-langan  ma'lumotlar  hajmi, 

ma'lumotlarning  o'zaro  bog'-liqligi  darajasi  shunchalik  murakkab  bo'ladiki,  ularni 

biror vosita yordamisiz to'liq qayta ishlash amalda mumkin emas. 

Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to'plash, qayta ishlash va uzatish kabi 

jarayonlarni  samarali  amalga  oshirish  mumkinligini  ko'rsatdi.  Bunda  asosiy  o'rinni 

texnik vositalar — kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi. 

Ular  yordamida  ishni  tashkil  etish  orqali  axborotlar  almashinuvini  tezlatishdan 



tashqari kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish 

hamda  axborotning  avval  ko'rsatib  o'tilgan  barcha  xususiyatlarini  saqlashga 

erishiladi.  Insoniyat  tomonidan  axborotlarni  izlash,  to'plash,  saq-lash,  qayta  ishlash  va  undan foydalanish usullari va vositalari 

axborot texnologiyasi 

deb yuritiladi. 

Axborot  texnologiyasi  ikki  

ichki  va  tashqi  

omillardan  iboratdir.  Ichki  omillarga 

— usullar, tashqi omillarga — vositalar kiradi. 

Bundan  kelib  chiqadiki,  axborot  texnologiyasi  o'z  ichiga  quyidagilarni  oladi: 

qalam, ruchka, daftar, qog'oz, mel, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, 

o'quv-chi, o'qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o'tish 

jarayoni,  test  o'tkazish  jarayoni,  sa-vol-javob  o'tkazish  jarayoni,  dars  o'tish  usuli  va 

metodikasi,  plakat  yoki  boshqa  didaktik  materiallar  va  hokazo.  Demak,  axborot 

texnologiyalari  sanoatda,  savdo-sotiqda,  boshqa-ruvda,  bank,  ta'lim  va  soliq 

sistemasida,  tibbiyot  va  fanda,  transport  va  aloqada,  qishloq  xo'jaligi  va  ijtimoiy 

xizmat tizimida, turmushda qo'llanilar ekan. 

Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari 

aloqa vositalari — telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo'llaniladi. 

Axborot texnologiyasining ba'zi texnik vositalari.

 

Axborot  texnologiyalari  hisoblash  texnikasidan  tashqari  aloqa  texnikasi, 

televideniye  va  radioni  ham  o'z  ichiga  oladi.  Umuman,  informatika  va  axborot 

texnologiyalari bir-birini to'ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi. 

Kompyuter tarmoqlari

 

Kompyuterlarning  inson  hayotidagi  ahamiyati  kun  sayin  ortib  bormoqda.  Hozirgi 

kunda axborotlarni  yig'ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq bo'lgan sohalarda 

komp-yuterlarsiz  ishlashni  tasavvur  qilib  bo'lmaydi.  Lekin  komp-yuterning  xotirasi 

qanchalik  katta  bo'lmasin  ish  faoliya-tingizda  ishlatishingiz  mumkin  bo'lgan  barcha 

axborotni  unga  sig'dirib  bo'lmaydi.  Biror  axborot  zarur  bo'lib  qolgan  vaqtda  uni 

boshqa  kompyuterdan  ko'chirib  olish  uchun  tashqi  axborot  tashuvchi  vositalardan 

(disketalar, CD-disklar va boshqalar) foydalanish kerak bo'ladi. Ammo bu ko'p vaqt 

va qo'shimcha xarajatlarni talab qiladi. Bu kabi muammolar o'zaro axborot almashish 

maqsadida  kompyuterlarni  birlashtirish  zaruratini  keltirib  chiqardi.  Avval  maxsus 

kabel yordamida ikkita kompyuterni o'zaro birlashtirishga muvaffaq bo'lindi. Oradan 

ko'p  vaqt  o'tmasdan  bir  nechta  kompyuterni  birlashtirish  imkonini  beruvchi  texnik 

qurilma  va  dasturiy  ta'minot  ishlab  chiqildi.  Shu  tarzda  kompyuter  tarmoqlari 

vujudga keldi. 

Bunday  tarmoqlar  qo'shimcha  qurilmalar  talab  qilsa-da  (tarmoq  platasi,  maxsus 

kabel), kompyuterlardan foydala-nish samaradorligini oshiradi. Tarmoqdagi ixtiyoriy 

kompyuter boshqa kompyuterning diskiga, prrnteriga va boshqa tashqi qurilmalariga 

murojaat  qilishi  mumkin  bo'ladi.  Bunday  tarmoqlar  bitta  xonada  yoki  bir  binoning 

ichida tashkil qilinib, 

lokal (mahalliy) tarmoqlar 

deb nomlanadi. 

Lokal  tarmoqda  kompyuterlardan  biri  asosiy  kompyuter  etib  tanlanadi.  U  

fayllar 

served  

yoki,  oddiy  qilib,  server  deb  nomlanadi.  Qolgan  kompyuterlar  esa  

ishchi 

stansiyalar  

deb  nomlanib,  server  bilan  hamda  o'zaro  tarmoq  platalari  va  maxsus 

kabellar yordamida ulanadilar. 

Kompyuterlararo  axborot  almashinuvini  rivojlantirish  borasidagi  tadqiqotlar  shu 

bilan  to'xtab  qolmadi.  Axborot  texnologiyalarining  jadal  sur'atlar  bilan  rivojlanishi, 

endi  bitta  xonada  yoki  bir  binoda  joylashgan  kompyuterlarni  emas,  balki  uzoq 

masofada,  hatto  boshqa-boshqa  mam-lakatlarda  joylashgan  kompyuterlarni  o'zaro 

bog'lash  imkoniyatini  beruvchi  

mintaqaviy  va  global  (butunjahon)  tarmoqlarni 

vujudga keltirdi. 

Mintaqaviy  tarmoqlar  bir  mamlakat  hududidagi  barcha  foydalanuvchilarni 

birlashtiradi. Bunday tarmoqqa ulangan kompyuterlar orasidagi masofa bir necha yuz 

kilometrni tashkil etishi mumkin. Global tarmoqlar dunyoning turli mamlakatlaridagi 

foydalanuvchilarning o'zaro axborot almashishini ta'minlaydi. 

Mintaqaviy  va  global  tarmoqlarda  kompyuterlarni  alohida  aloqa  kabellari  orqali 

ulash  qimmatga  tushadi.  Shu  sababli  ularni  

modem  

yordamida  telefon  tarmoqlari 

orqali  ulash  yo'lga  qo'yildi.  Kompyuterda  ma'lumotlar  raqamli  signallar  ko'rinishida 

saqlanadi,  telefon  tarmog'i  orqali  esa  analog  signallari  o'tadi.  Kompyuterdan 

chiqayotgan  signallar  modem  yordamida  raqamli  ko'rinishdan  analog  ko'rinishga 

o'tkaziladi  va  telefon  tarmog'i  orqali  yuboriladi.  Tarmoq-ning  ikkinchi  uchidagi 

kompyuterga  ulangan  modem  analog  signallarni  raqamli  signalga  o'tkazadi  va 

kompyuterga uzatadi.  Signalni raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma 

modulyator, 

analog  ko'rinishdan  raqamli  ko'rinishga  o'tkazuvchi  qurilma  

demodulyator  

deb  ataladi. 

Bu  ikkala  amalni  birgalikda  bajaruvchi  qurilma  

modem  

deb  ataladi.  Uning  nomi 

quyidagicha hosil qilingan: 

 

MOdulyator + DEModulyator = 

MODEM.  

 

Tuzilish  jihatidan  modemlar  

ichki  

va  

tashqi  

ko'rinishda  bo'ladi.  Ichki  modemlar 

plata  ko'rinishida  bo'lib,  kompyu-terning  ichiga  joylashtiriladi.  Tashqi  modem 

kompyuterdan  tashqarida  joylashadigan  bo'lib,  o'zining  qobig'iga  ega  alohida 

qurilmadir. 

Zamonaviy modemlarning ko'pchiligi faqatgina ma'lumot uzatish yoki qabul qilish 

bilan  chegaralanib  qolmay,  balki  faks  ma'lumotlarini  uzatish  va  qabul  qilish  uchun 

ham  xizmat  qiladi.  Ba'zilari  hattoki  telefon  tarmog'iga  ulangan  javob  beruv-chi 

avtomat  qurilma  vazifasini  ham  o'tashi,  ya'ni  xotiraga  yozilgan  ovoz  signallarini 

uzatishi  yoki  bunday  signallarni  qabul  qilib  xotiraga  fayl  ko'rinishida  yozib  qo'yishi 

mumkin. 

Hozirgi  kunda  mintaqaviy  va  xalqaro  tarmoqlarda  komp-yuterlar  nafaqat  telefon 

tarmoqlari, balki radio va sun'iy yo'ldoshlar orqali axborot almashinadilar. 



Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


iiimrhlmlumatnmbadilsi--.html

iiinternational-102.html

iiinternational-107.html

iiinternational-111.html

iiinternational-116.html